Jamiyat | 17:03 / 01.06.2024
2784
1 daqiqa o‘qiladi

"Prava" olib berish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi departament hamda DXXning Xo‘jayli tumani bo‘limlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Unda, “A.B.” MChJ instruktori B.A. fuqaro F.T.ning ishonchiga kirib, unga tanishlari yordamida hech qanday imtihon sinovlarisiz haydovchilik guvohnomasini olib berishi evaziga 8,8 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, departamentning Bo‘zatov tumani, DXX va IIV xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda, fuqarolar J.A. va J.K. fuqaro T.Sh.ning ishonchiga kirib, uni 700 AQSh dollari evaziga tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomasini olish uchun bo‘lib o‘tadigan imtihondan o‘tkazib berishlarini aytib, 600 AQSh dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid