Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlar tashkil etiladi
Ar-Riyodda O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini jadallashtirish masalalari muhokama qilindi.
O‘zbekiston elchisi Nodir Turg‘unov Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Valid al-Xariji bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo".
Saudiya Arabistoni TIV rahbarining birinchi o‘rinbosari ikki mamlakat rahbarlari o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan iliq munosabatlar Saudiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlikni barcha sohalarda yuqori pog‘onaga ko‘tarishga xizmat qilayotganini ta’kidladi.
Muloqot chog‘ida O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada jadallashtirish, oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi.
Madaniy-gumanitar, ta’lim, sport, turizm va sog‘liqni saqlash sohalaridagi hamkorlikni faollashtirish masalalariga e’tibor qaratildi. O‘zaro savdoni diversifikatsiya qilish va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish muhimligini qayd etildi.
Ikki davlat tashqi siyosat idoralari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarni tashkil etish xususida fikr almashildi.
Uchrashuvda, shuningdek, ikki davlat o‘rtasida xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasida o‘zaro qo‘llab-quvvatlashni faollashtirish masalalariga ham e’tibor qaratildi.
Mavzuga oid
07:52 / 28.05.2025
Saudiya Arabistonida Qurbon hayiti 6 iyun kuni nishonlanadi
19:00 / 19.05.2025
Saudiya Arabistoni - jozibador sarguzasht va hashamat mujassamlashgan diyor
22:15 / 14.05.2025
Tramp arablar davrasida. U Falastinni tan oladimi?
22:01 / 13.05.2025