Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda tanasini harakatlanayotgan mashinadan chiqarib uyatli qiliqlar qilgan 17 yoshli qizga chora ko‘rildi
Qiz ketayotgan mashina haydovchisida tegishli hujjatlar bo‘lmagani va u YPX xodimining qonuniy talabiga bo‘ysunmagani aytilmoqda.
Andijonda tanasini yurib ketayotgan mashinadan chiqarib uyatli qiliqlar qilgan 17 yoshli qizga va haydovchiga chora ko‘rilgan.
Viloyat IIB YHXB axborot xizmatining xabar berishicha, holat 2024 yil 4 iyun kuni soat 23:50 larda sodir bo‘lgan.
2004 yilda tug‘ilgan K.A. “Jyentra”da Andijon shahrida harakatlanayotganda yo‘lovchi sifatida ketayotgan 2007 yilda tug‘ilgan T.M. mashina oynasidan tanasini chiqarib uyatli harakatlar qilgan. Holat tasvirga olinib ijtimoiy tarmoqlarga joylangan.
Mazkur holat yuzasidan, o‘tkazilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida qoidabuzar hamda huquqbuzar shaxslar aniqlangan. Haydovchi mashinani tegishli hujjatlarsiz boshqargan va YPX xodimining qonuniy talabiga bo‘ysunmagan.
Qayd etilishicha, haydovchiga nisbatan MJtKning 135-moddasi (tegishli hujjatlarsiz transport vositasini boshqarish) 194-moddasi (ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) bilan, qizga esa MJtKning 138-moddasi (transport vositasi harakatlanayotgan vaqtda yo‘lovchi tomonidan tana qismlarini (qo‘ldan tashqari) salondan chiqarish bilan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.
Mavzuga oid
22:14 / 27.05.2025
«Nasaf» «Andijon»ni mag‘lub etib, O‘zbekiston Superkubogi egasi bo‘ldi
23:01 / 26.05.2025
Andijonda daraxt Cobalt ustiga qulab tushdi
19:26 / 26.05.2025
Andijonda tanishlari orqali 100 ming dollar kredit olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi
07:50 / 24.05.2025