O‘zbekiston | 10:51 / 05.06.2024
4342
2 daqiqa o‘qiladi

Hindistonning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

Yangi elchi 2020 yildan 2024 yilgacha Hindistonning Toshkentdagi elchixonasiga rahbarlik qilgan Manish Prabxat o‘rniga tayinlandi.

Foto: TIV

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Hindistonning yangi elchisi etib tayinlangan Smita Pantni qabul qildi.

"Hindistonning O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlangan Smita Pant xonim bilan uchrashish va uning ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilishdan mamnunmiz, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining Telegram-kanalida. – Turli sohalarda, jumladan, qishloq xo‘jaligi, turizm, transport, logistika va boshqa yo‘nalishlarda aloqalarni kengaytirish bo‘yicha birgalikdagi sa’y-harakatlarimizni muhokama qildik. Savdo va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish asosiy maqsadimiz bo‘lib qoladi. Elchi xonimga ikki tomonlama munosabatlarimizning foydalanilmagan salohiyatini kashf etishda muvaffaqiyatlar tilaymiz".

Tajribali diplomat Smita Pant Toshkentga tayinlanganiga qadar Hindiston Tashqi ishlar vazirligining Bangladesh va Myanma bo‘yicha departamenti direktori lavozimida ishlagan. Undan avval esa TIV markaziy apparatida va chet eldagi diplomatik vakolatxonalarda turli lavozimlarda ishlagan.

Yangi elchi 2020 yildan 2024 yilgacha Hindistonning Toshkentdagi elchixonasiga rahbarlik qilgan Manish Prabxat o‘rniga tayinlandi.

Mavzuga oid