Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda tadbirkorlar muammolarini hal qilish uchun komissiya tashkil etiladi
Komissiya sohadagi muammolarni tizimli ravishda aniqlab, ularni hal etish chora-tadbirlarini mustaqil ravishda ishlab chiqadi.
Rossiyaning ommabop SNG.fm onlayn-radiosi saytida "O‘zbekistonda tadbirkorlar muammolarini hal qilish uchun komissiya tashkil etiladi" sarlavhali maqola e’lon qilindi.
"Dunyo" xabariga ko‘ra, unda prezident Shavkat Mirziyoyevning 30 maydagi qarori bilan O‘zbekistonda prezident va tadbirkorlar o‘rtasida ochiq muloqotni tashkil etish borasida Respublika komissiyasi tuzilishi ma’lum qilingan. Bundan tashqari, hududlardagi tadbirkorlarning muammolarini o‘rganuvchi va hal qiluvchi ishchi guruhlarni tashkil etish ko‘zda tutilgan.
Qayd etilishicha, yangi komissiyaga O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosarlari Jamshid Qo‘chqorov va Jamshid Xo‘jayev rahbarlik qiladi. Ular har yili 15 iyundan avgust oyining ikkinchi yarmiga qadar respublika bo‘ylab tadbirkorlik sub’yektlarining takliflarini qabul qiladi.
"Komissiya – sohadagi muammolarni tizimli ravishda aniqlab, ularni hal etish chora-tadbirlarini mustaqil ravishda ishlab chiqadi. Tadbirkorlar muammolari o‘rganilib, ular joyida hal etiladi. Bundan tashqari, jarayonni raqamlashtirish uchun "Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot" elektron platformasini yaratish rejalashtirilgan", – deb ta’kidlagan SNG.fm.
Mavzuga oid
13:24 / 15.03.2025
O‘zbekiston va Finlandiya hukumatlararo komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi
12:30 / 26.10.2024
Kinematografiya milliy komissiyasining vazifalari belgilandi
13:30 / 09.10.2024
Giyohvandlik vositalari ustidan nazorat qilish davlat komissiyasi vakolatlari belgilandi
22:26 / 24.08.2024