O‘zbekiston | 17:10 / 07.06.2024
12600
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda yo‘l chetidagi daraxtga borib urilgan Lacetti haydovchisi vafot etdi

Yashnobod tumani Elbek ko‘chasida 1998 yilda tug‘ilgan haydovchi Lacetti'ni boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yo‘qotgan va yo‘l chetidagi daraxtga borib urilgan.

Foto: Videodan kadr

Yashnobod tumanida odam o‘limi bilan yakun topgan yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Joriy yilning 7 iyun kuni soat 13:30 larda Yashnobod tumani Elbek ko‘chasida yo‘l-transport hodisasi qayd etildi.

Haydovchi, 1998 yilda tug‘ilgan B.T. Lacetti rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yo‘qotgan va yo‘l chetidagi daraxtga kelib urilgan.

YTH oqibatida haydovchi olgan tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.

Mavzuga oid