Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chusovitina 53 yoshida 2028 yilgi Olimpiadada qatnashish istagini bildirdi
U SSSR, Germaniya va O‘zbekiston terma jamoalari tarkibida sakkizta yozgi Olimpiya o‘yinlarida (1992, 1996, 2000, 2004, 2008, 2012, 2016, 2020) qatnashgan.
O‘zbekistonlik gimnastikachi Oksana Chusovitina 2028 yilda Los-Anjyelesda bo‘lib o‘tadigan Olimpiada o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritish uchun harakat qiladi. Bu haqda 48 yoshli sportchi ijtimoiy tarmoqda ma’lum qildi.
2028 yilgi Olimpiadaga yo‘llanmani qo‘lga kiritish uchun harakat qilasizmi, degan savolga Chusovitina «Ha!», deb javob berdi. Uning so‘zlarini RBK keltirdi.
May oyida Chusovitina jarohati sabab Osiyo chempionatida ishtirok etmadi. Bu uning Parij-2024 Olimpiada o‘yinlariga yo‘llanma olish uchun so‘nggi imkoniyati edi.
Chusovitina - badiiy gimnastikaning noyob vakili. SSSR, Germaniya va O‘zbekiston terma jamoalari tarkibida sakkizta yozgi Olimpiya o‘yinlarida (1992, 1996, 2000, 2004, 2008, 2012, 2016, 2020) qatnashgan.
1992 yilda Barselonada u Birlashgan jamoa tarkibida jamoaviy musobaqada oltin medalni qo‘lga kiritdi. 2008 yil Pekin Olimpiadasida Germaniya terma jamoasi a’zosi sifatida kumush medalni qo‘lga kiritdi.
2028 yilgi Olimpiada o‘yinlari bo‘ladigan paytda Chusovitina 53 yoshga to‘ladi.
Mavzuga oid
17:57 / 08.03.2025
Sport gimnastikasi. Oksana Chusovitina – jahon kubogi g‘olibiga aylandi
18:29 / 16.08.2024
XOQ va IBA «jangi»: Boks Los-Anjeles-2028 Olimpiadasidan o‘rin olmaydimi?
17:46 / 23.05.2024
Oksana Chusovitina jarohati sabab Parij olimpiadasida qatnasha olmaydi
22:15 / 09.03.2024