May oyida hatto eng issiq kunlarda ham harorat rekord qiymatlarga yaqinlashmadi - «O‘zgidromet»
O‘zbekistonda o‘tgan may oyida hatto eng issiq kunlarda ham harorat o‘zining rekord qiymatlariga yaqinlashmadi, +25…+30 daraja atrofida bo‘ldi. Ko‘plab hududlar bo‘yicha oy eng nam may oylari beshligiga kirdi.

Foto: Kun.uz
2024 yilning may oyida, hatto eng issiq kunlarda ham, harorat o‘zining rekord qiymatlariga yaqinlashmadi, deb xabar bermoqda «O‘zgidromet».
O‘zbekiston hududining katta qismida o‘rtacha oylik havo harorati o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlarga yaqin bo‘lib, faqat respublikaning shimoli-g‘arbiy hududlarida me’yordan 1,5−2 darajaga past bo‘ldi.
Oyning katta qismida kunduzgi havo harorati +25…+30 atrofida bo‘lishi kuzatildi. Havoning qisqa muddatga salqinlashish davrida kunduzgi harorat +17…+22 darajagacha pasaydi, ayrim issiq kunlarda havo +34…+37 darajagacha, janubda +38…+39 darajagacha isidi.
Respublika hududining katta qismida kuzatuvlarning butun qatori uchun may oyi haroratining mutlaq maksimumi +39…+41 darajani, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda +43…+45 darajani tashkil etdi.
Toshkentda may oyida eng yuqori havo harorati +35 darajani tashkil etdi.
O‘tgan may oyida O‘zbekiston hududi bo‘yicha yog‘ingarchilik taqsimlanishi juda xilma-xil bo‘ldi.
Respublika hududining katta qismida yog‘ingarchilik oy davomida me’yordan 1,3−2,8 marta ko‘p bo‘ldi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Buxoro viloyatida ba’zi joylarda — oylik yog‘ingarchilik me’yori juda kam bo‘lgan qurg‘oqchil hududlarda 2024 yilning may oyida yog‘ingarchilik me’yordan 3−4,6 marta ko‘p bo‘lishi kuzatildi.
Farg‘ona vodiysining ko‘p tumanlarida, Qizilqumning shimolida va respublikaning eng chekka janubidagi ayrim hududlarda me’yorga nisbatan eng kam yog‘ingarchilik kuzatildi.
Respublikaning ko‘plab hududlari bo‘yicha 2024 yilning may oyi eng nam may oylari beshligiga kirdi.
Ba’zi kunlarda respublika bo‘yicha kuchli jala yomg‘ir yog‘di, bunda bir necha soat ichida oylik me’yorning yarmigacha yoki undan ko‘proq yog‘ingarchilik bo‘ldi.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida kuchli jala yomg‘irlar yog‘ishi hisobiga sel-suv toshqin hodisalari yuzaga keldi.
Tavsiya etamiz
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
Mavzuga oid

21:37 / 11.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi

11:27 / 11.04.2025
Hafta oxirida ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

13:00 / 07.04.2025
Hafta o‘rtasida ayrim hududlarda yana yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

17:09 / 06.04.2025