AQSh Meksika chegarasida sobiq ittifoq davlatlaridan borgan nolegal migrantlar ustidan maxsus nazorat joriy qildi
AQSh hukumati Meksika chegarasida ushlangan Rossiya va sobiq ittifoqning besh respublikasidan borgan nolegal migrantlarni darhol mamlakatdan chiqarib yuborishni boshlaydi. Bu haqda The New York Post gazetasi yozmoqda.
Gazeta ixtiyoriga kelib tushgan memorandumdagi ma’lumotlarga ko‘ra, Kaliforniyadagi chegara xizmatlari xodimlari yuzdan ortiq davlatlardan kelgan nolegal migrantlarni mamlakatga moneliksiz kiritish to‘g‘risida buyruq olishgan. Biroq, bu Rossiya, O‘zbekiston va boshqa ayrim sobiq ittifoq davlatlari fuqarolariga taalluqli emas.
Istisno Rossiya, O‘zbekiston, Gurjiston, Moldova, Qirg‘iziston va Tojikistondan kelgan migrantlarga nisbatan qo‘llaniladi. Bu mamlakat fuqarolari chegarani noqonuniy kesib o‘tish jaranida zudlik bilan deportatsiya qilinadi. Biroq, AQSh hukumati yosh bolalar, o‘g‘irlab ketish qurbonlari bo‘lganlar, shuningdek tahdid ostida qolganlar va tibbiy yordamga muhtoj insonlarni kiritadi.
Buyruq Meksikaning Tixuana shahri hamda Kaliforniya shtatidagi San Diyego okrugi ma’muriy markazi yaqinidagi chegara uchun taalluqli. Bu manzil ayni paytda chegarani noqonuniy kesib o‘tishda eng zich hudud hisoblanadi.
Joriy yilda Amerika hukumati Rossiyadan misli ko‘rilmagan migrantlar oqimiga ro‘baro‘ kelishmoqda. 2023 moliya yilida (u 2022 yilning 1 oktyabrida boshlangan) Amerika sud tizimiga rusiyzabonlardan boshpana taqdim etish to‘g‘risida 41 ming 465 ta ish kelib tushgan, deb xabar bergan rasmiy statistikaga asoslanib immigratsiya masalalari bo‘yicha advokat Tatyana Edvards-Behar. O‘tgan yarim yil ichida kelib chiqishi Rossiyadan bo‘lgan fuqarolardan tushgan so‘rovlar soni butun o‘tgan yilnikidan ham oshib ketgan va so‘nggi 10 yil ichida rekord natijani qayd etgan — 19 ming 49 ta keys. Ukrainadagi urushgacha bo‘lgan davrga nisbatan AQShdan boshpana so‘rash to‘g‘risidagi so‘rovlar soni 1500 foizga oshgan: masalan, 2021 yilda Amerika sudlariga 2537 ta shunday ish kelib tushgan edi. Bu 2023 yildagiga nisbatan 16,3 martaga kamroq.
Mavzuga oid
13:30
Tramp yutsa urushni bir sutkada to‘xtatishni va’da qilgandi. U yutdi - xo‘sh?
23:26 / 09.11.2024
“G‘arbning geosiyosiy ochko‘zligi kelishmovchiliklar bosh sababi” – Putinning “Valday”dagi chiqishi
20:42 / 09.11.2024
Oq uy Trampning saylovlardagi g‘alabasidan keyin Ukrainaga harbiy yordam yuborishni tezlashtirdi
16:25 / 09.11.2024