Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ko‘p qavatli turar joy binosidan uy sotishni va’da qilgan MChJ rahbari aniqlandi
Samarqand viloyatining Bulung‘ur tumanida ko‘p qavatli turar joy binosidan uy sotishni va’da qilgan MChJ rahbari aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Bulung‘ur tuman bo‘limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi.
Unda, “B.S.” MChJ rahbari Sh.B. fuqaro Sh.X.ning ishonchiga kirib, “Bulung‘ur” MFY hududida qurilishni amalga oshirishi uchun ruxsatnomasi bo‘lmasa-da, go‘yoki ushbu manzilda ko‘p qavatli turar-joy majmuasini qurishini aytib, unga 54 kv metrli uyni egalik huquqi asosida rasmiylashtirib berishi evaziga 100 mln so‘mini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
10:48 / 08.05.2025
Top-menejerlarga fidutsiar majburiyat yuklash: afzalliklar va risklar
15:31 / 03.05.2025
Belarus O‘zbekistonda yig‘ma yog‘och uylarni ishlab chiqarishni tashkil etishi mumkin
12:17 / 17.04.2025
Toshkentda 1 va 2 xonali uylar ijara narxi arzonlashdi
09:02 / 03.04.2025