Jahon | 14:45 / 11.06.2024
3193
2 daqiqa o‘qiladi

Singapore Airlines SQ321 reysidagi turbulentlikdan jabrlanganlarga 25 ming dollargacha tovon puli to‘laydi

Singapore Airlines aviakompaniyasi 20 may kuni Londondan Singapurga uchgan SQ321 reysidagi qattiq turbulentlik oqibatida jarohatlangan yo‘lovchilarga tovon puli to‘lashni taklif qildi.

Foto: AFP

Kompaniya yengil tan jarohati olganlarga 10 ming dollar, og‘ir jarohat olganlarga esa 25 ming dollargacha pul to‘lashni taklif qilgan

«Og‘irroq jarohat olganlar uchun [...] biz ularni o‘zlarini yaxshi his qilganlarida va bunga tayyor bo‘lganlarida, o‘ziga xos sharoitlarga ko‘ra tovon to‘lash taklifini muhokama qilishga taklif etdik», deyiladi aviakompaniya bayonotida. 

Myanma havo hududida taxminan 11 km balandlikda sodir bo‘lgan voqea natijasida o‘nlab yo‘lovchilar tan jarohati oldi, britaniyalik fuqaro esa yurak xurujidan vafot etdi. 

Samolyot bortida 211 yo‘lovchi va 18 ekipaj a’zosi bo‘lgan. 

Boeing 777-300ER ekipaji Bangkokdagi «Suvarnabxumi» aeroportiga qo‘nishga qaror qildi, u yerda jabrlanganlarga yordam ko‘rsatilgan. 

Dastlabki tergov natijalariga ko‘ra, vertikal tezlik keskin o‘zgarishi samolyotning 5 soniyadan kamroq vaqt ichida 178 fut (54 metr) masofaga pastga tushishiga va kamar taqmagan yo‘lovchilarning o‘rindiqdan keskin uloqtirib yuborishiga sabab bo‘lgan. 

Mavzuga oid