AQSh Kiyevga yana bir Patriot tizimini yetkazib bermoqchi
Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga birinchi Patriot ZRKni bir yarim yil avval taqdim etgan edi. Endi, NYT ma’lumotlariga ko‘ra, Bayden Kiyevga ikkinchi shunday havo hujumidan mudofaa tizimini yuborishga qaror qilgan.
Ukrainaning Rossiya havo hujumlariga qarshi mudofaasini kuchaytirish uchun AQSh prezidenti Jo Bayden Kiyevga yana bir Patriot havo hujumidan mudofaa tizimini taqdim etmoqchi. The New York Times (NYT) 11 iyun, seshanba kuni AQSh ma’muriyatidagi manbalariga tayanib yozishicha, Oq uy rahbari o‘tgan hafta yuqori martabali amaldorlar bilan bir qator uchrashuvlardan so‘ng shunday qarorga kelgan. Milliy xavfsizlik kengashining strategik aloqalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbi bu ma’lumotni tasdiqlashdan bosh tortdi.
NYT ma’lumotlariga ko‘ra, tilga olingan Patriot tizimi hozir Polshada va yaqin kunlarda Ukrainadagi frontda joylashtirilishi mumkin. Bu AQSh Ukrainaga taqdim etadigan ikkinchi havo hujumidan mudofaa tizimi bo‘ladi. Bayden birinchisini yetkazib berishni bir yarim yil oldin, Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Rossiyaning keng ko‘lamli harbiy harakatlari boshlanganidan beri AQShga birinchi safarini amalga oshirganida va Kongressda nutq so‘zlaganida ma’qullagan. Vashington Ukrainaga Patriot uchun raketalarni ham muntazam yetkazib beryapti.
Germaniya allaqachon Ukrainaga ikkita Patriot tizimini yetkazib bergan va uchinchisi haqida va’da bergan, hozirda ukrainalik askarlar unda o‘qitilmoqda.
Mavzuga oid
13:30
Tramp yutsa urushni bir sutkada to‘xtatishni va’da qilgandi. U yutdi - xo‘sh?
23:26 / 09.11.2024
“G‘arbning geosiyosiy ochko‘zligi kelishmovchiliklar bosh sababi” – Putinning “Valday”dagi chiqishi
20:42 / 09.11.2024
Oq uy Trampning saylovlardagi g‘alabasidan keyin Ukrainaga harbiy yordam yuborishni tezlashtirdi
16:25 / 09.11.2024