Toshkentda avtokran ta’mirlash ishlari olib borilayotgan chuqurga tushib ketdi
Cho‘ponota ko‘chasida ta’mirlash ishlari olib borilayotgan joyga yaqin borib qolgan avtokran sirpanishi va ostidagi asfalt yer qatlamining o‘pirilishi tufayli bir tomonlama chuqurga tushib qolgan.
2024 yilning 11 iyun kuni Toshkent shahar Chilonzor tumani Cho‘ponota ko‘chasi hududida avtokran ta’mirlash ishlari olib borilayotgan chuqurga tushib ketdi. Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, yuz bergan holatda avtokran haydovchining ehtiyotsizligi oqibatida ta’mirlash ishlari olib borilayotgan chuqurga yaqin borib qolgan.
Natijada, avtokran o‘z og‘irligi bilan sirpanishi va ostidagi asfalt yer qatlamining o‘pirilishi tufayli u bir tomonlama chuqurga tushib qolgan.
Holatda avtokran haydovchisi va hududda ta’mirlash ishlarini olib borayotgan ishchi xodimlar jabrlanmagan.
Mavzuga oid
08:10 / 22.10.2024
Chilonzor metro bekati yaqinidagi avtobekat modernizatsiya qilinadi
08:40 / 21.10.2024
Toshkentda sodir bo‘lgan YTHda uch kishi jarohatlandi
13:05 / 30.09.2024
Chilonzordagi maktabda o‘quvchini urgan ayol jarimaga tortildi
14:00 / 18.09.2024