O‘zbekiston | 17:00 / 13.06.2024
5087
7 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Chery Tiggo 8 Pro Max besh yulduzli xavfsizlik reytingiga va ta’sirchan xususiyatlarga ega bo‘ldi

Foto: Chery Uzbekistan

Chery Tiggo 8 Pro Max krossoveri Avstraliya-Osiyo yangi avtomobillarni baholash va nazorat qilish dasturi (ANCAP SAFETY)ning versiyasi bo‘yicha eng yuqori besh yulduzli xavfsizlik bahosini qo‘lga kiritdi. Bu, qat’iy krash-testlarda model ajoyib natijalarga erisha olganini anglatadi. Chery’ning ishlab chiquvchilari ushbu avtomobilni yaratishda xavfsizlik masalalariga alohida e’tibor qaratganlar. Loyihalashtirilishi, sinovlardan o‘tkazilishi va ishlab chiqarish jarayonlariga qaratilgan alohida e’tibor tufayli yangi yo‘ltanlamas avtomobil o‘z sinfida yangi xavfsizlik standartini o‘rnata oldi. Konstruksiyasining har bir elementi haydovchi va yo‘lovchilar iloji boricha xavfsiz va qulay sayohat qilishlari uchun mo‘ljallangan.

Chery Tiggo 8 Pro Max'ni ishlab chiqishda xavfsizlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Chery'ning muhandislari diqqat bilan xalqaro standartlarni o‘rganib chiqib, eng zamonaviy passiv va faol xavfsizlik texnologiyalarni modelga joriy etganlar. Passiv xavfsizlikka kelsak, avtomobilning kuzovi yuqori mustahkamlikka ega po‘latdan foydalangan holda T1X platformasi asosida qurilgan. Kuzovning 60 foizdan ortiq qismi mustahkam po‘latdan yasalgan, asosiy zonalarda esa Benteler o‘ta mustahkam termo uslubida shakllantirilgan po‘lat qo‘llangan. Bu konstruksiyaga yuqori qat’iylik bag‘ishlab, avtohalokat sodir bo‘lgan taqdirda yo‘lovchilar salonining ishonchli himoya qilinishi imkonini yaratadi.

Chery Tiggo 8 Pro Max ikkinchi bosqichdagi Advanced Assistance Systems (ADAS) zamonaviy faol xavfsizlik tizimlarining butun majmuasi bilan jihozlangan. Ushbu texnologiyalar haydovchiga avtomobilni xavfsizroq va qulayroq boshqarishga yordam beradi.

Masalan, adaptiv kruiz nazorati tizimi (Adaptive Cruise Control) avtomatik ravishda oldinga ketayotgan avtomobilga bo‘lgan xavfsiz masofani saqlaydi. U Tiggo 8 Pro Max tezligini yo‘ldagi vaziyatga ko‘ra to to‘liq to‘xtashgacha qadar boshqarib boradi.

Ko‘rinmas zonalarni aniqlash funksiyasi (Blind Spot Detection) avtomobilning orqa va yon tomonlaridagi hududlarni nazorat qilish maqsadida radar datchiklaridan foydalanadi. U hatto yomon ob-havo sharoitlarida ham ushbu ko‘rish zonalarida, boshqa transport vositalarining mavjudligi to‘g‘risida haydovchini ogohlantiradi.

Frontal to‘qnashuv haqida ogohlantirish tizimi (Forward Collicion Warning) oldinga harakatlanayotgan mashinalarning joylashuvi va tezligini doimiy ravishda kuzatib boradi. U haydovchiga chora ko‘rishga ulgurishi uchun to‘qnashuv ehtimoli haqida o‘z vaqtida xabar beradi.

Bundan tashqari, Tiggo 8 Pro Max eshiklarni ochishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan to‘qnashuv haqida ogohlantirishi mumkin (Door Open Warning), bu kundalik foydalanish jarayonida qo‘shimcha himoyani ta’minlaydi.

Avtomobil faralarni boshqarish intellektual tizimi (Intellegent Headlamp Control) bilan ham jihozlangan. U optimal ko‘rish imkonini ta’minlab, yo‘l sharoitiga qarab uzoq va yaqin yoritilish rejimlarini avtomatik ravishda o‘zgartiradi.

Va nihoyat, avtonom favqulodda tormozlanish tizimi (Autonomous Emergency Braking (AYeB)) old tomonda harakatlanayotgan mashinalar va piyodalarga bo‘lgan masofani kuzatish uchun radardan foydalanadi. Agar to‘qnashuv xavfi mavjud bo‘lsa, tizim haydovchi harakat qilgunga qadar tezroq tormozlanishga qodirdir.

Tiggo 8 Pro Max'ning xavfsizlik tizimi standart komplektatsiyada ko‘plab xavfsizlik yostiqchalarini o‘z ichiga oladi. Ushbu yostiqchalar to‘qnashuvda zarbni yumshatish va jarohat olish xavfini kamaytirish orqali yo‘lovchilarni samarali himoya qiladi.

Bundan tashqari, avtomobil oldindan tortilish va bosimni cheklash funksiyasiga ega ilg‘or xavfsizlik kamarlari bilan jihozlangan. To‘satdan tormoz berilganda kamarlar bir zumda tortilib, yo‘lovchilarni fiksatsiyalaydi. Biroq agarda ta’sir kuchi ma’lum bir chegaradan oshsa, jiddiy shikastlanish ehtimolini kamaytirish uchun kamarlar biroz bo‘shashadilar.

Shunday qilib, xavfsizlik yostiqchalari va ilg‘or kamarlar ko‘zda tutilgan kompleksli yechim Tiggo 8 Pro Max'dagi barcha yo‘lovchilar uchun yuqori darajadagi himoyani ta’minlaydi.

Ishlab chiquvchilar, shuningdek, avtomobilni ekstremal sharoitlarda – yuqori va past haroratlarda, yuqori balandlikda sinchkovlik bilan sinovdan o‘tkazganlar. Ushbu sinovlar Tiggo 8 Pro Max'ning atrof-muhitning turli sharoitlariga yuqori moslashuvchanligini va hatto eng qiyin vaziyatlarda ham ishlashining barqarorligini tasdiqladi.

Tiggo 8 Pro Max'ning ishlab chiqarilishi eng qat’iy sifat standartlariga muvofiq amalga oshiriladi. Materiallarni tanlashdan tortib to yig‘ilishigacha bo‘lgan har bir bosqich diqqat bilan nazorat qilinadi. Zavodda har bir avtomobil xaridorga yetkazib berilishidan oldin sinchkovlik bilan tekshirilishini kafolatlaydigan qat’iy sifat boshqaruvi tizimi amal qiladi. Ishlab chiqarishning har bir bosqichidagi bunday sinchkov nazorat har bir Tiggo 8 Pro Max'ning ishonchliligi va yuqori ekspluatatsion xususiyatlarini ta’minlaydi.

Bundan tashqari, modelning konstruksiyasida foydalanish vaqtida avtomobil salonining tozaligi va ekologikligini ta’minlash uchun maxsus choralar nazarda tutilgan.

Tiggo 8 Pro Max tomonidan erishilgan yuqori besh yulduzli xavfsizlik bahosi, Chery kompaniyasining maksimal darajada avtomobil sohiblarini himoya qilishga bo‘lgan intilishini ta’kidlaydi. Innovatsion yechimlardan tortib, to sinchkovlik bilan o‘tkazilgan sinovlar va yuqori aniqlikdagi ishlab chiqarilishgacha – loyihalashtirish va yig‘ilishning har bir bosqichi xavfsizlikni ta’minlashga yo‘naltirilgan. Chery uchun Tiggo 8 Pro Max – shunchaki transport vositasi emas, balki kompaniyaning foydalanuvchilar xavfsizligiga bo‘lgan intilishi, oilaviy farovonlik kafolatining ifodasidir. Uning quvvati avtomobil sohiblarini yanada xavfsizroq va mulohazali harakatlanishga undab «qudrat ajoyib xususiyatlarni yaratadi»

(«strength makes excellent performance ») degan ishonchni ifodalaydi.

Chery avtomobil brendining O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori ADM Global kompaniyalari guruhi tomonidan O‘zbekistonda taqdim etilayotgan Chery avtomobillarining xarakteristikalari, mavjud komplektatsiyalari va narxlari bilan cheryauto.uz saytida tanishish mumkin.

Chery Uzbekistan'ning rasmiy sahifalari:

Tezkor axborot liniyasi telefon raqami: +998 71 276 55 55
Website | Instagram | Telegram | Telegram-bot | Facebook | YouTube

Mavzuga oid