Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda ozonni buzuvchi moddada ishlaydigan uskunalar olib kirilishining oldi olindi
Toshkentda ozon qatlamini yemiruvchi zararli moddalarda ishlaydigan uskunalar olib kirilishi to‘xtatib qolindi.
Poytaxt bojxona boshqarmasi xabariga ko‘ra, “Toshkent tovar” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida ekologiya uchun xavfli, ozon qatlamini yemiruvchi zararli moddalar va ular yordamida ishlovchi uskunalar importini nazorat qilishda postning Tovarlarni klassifikatsiyalash guruhi bilan birgalikda faoliyat olib borilmoqda.
Amaldagi tartibga ko‘ra, ozonni buzuvchi yoki ularga bog‘liq bo‘lgan moddalardan foydalangan holda ishlab chiqarilgan sovitish jihozlari va havoni konditsionerlash uskunalarini import qilish taqiqlangan.
Yaqinda postda xorijdan keltirilgan uskunalarni bojxona ko‘rigidan o‘tkazish davomida mazkur cheklovni buzishga urinishlar fosh qilindi.


Xususan, xorijdan keltirilgan yuqori bosimda havoni qurituvchi uskuna hamda ichimliklarni quyuvchi liniya uchun chiller uskunasi ozonni buzuvchi moddalar ro‘yxatiga kiritilgan R-22 freon moddasida ishlashi ma’lum bo‘lgan.
Shu sababli jami qiymati 143,5 million so‘mlik mazkur uskunalar hozirda vaqtincha saqlovga olingan. Ular kelgusida respublikadan chiqarib yuborilishi kutilmoqda.
Holat yuzasidan bojxona surishtiruvlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
11:00 / 08.03.2025
“Xodimlarning aralashganligi holati aniqlanmadi” – “Yallama” postidan yuzlab avtomobillarning g‘ayriqonuniy olib o‘tilishida bojxonachilar ishtiroki haqida
11:23 / 25.02.2025
Xalqaro avtobus qatnovlarida yo‘lovchi ma’lumoti bojxona postiga oldindan yetkaziladi
20:25 / 24.02.2025
Bojxona postlarida yengil avtomobil va avtobuslar uchun qizil va yashil yo‘laklar joriy qilinishi mumkin
09:31 / 21.02.2025