O‘zbekiston | 13:37 / 15.06.2024
10866
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev va Yun Sok Yol rafiqalari bilan Registon maydoniga tashrif buyurdi

O‘zbekiston va Koreya yetakchilarining muloqoti Samarqandda davom etmoqda.

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston va Koreya yetakchilarining muloqoti Samarqand shahrida davom etmoqda. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Yun Sok Yol rafiqalari bilan dastlab Registon ansambliga tashrif buyurdilar.

14 iyun kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Koreya Respublikasi prezidenti Yun Sok Yol o‘rtasida bo‘lib o‘tgan samarali muzokaralar yakunlari bo‘yicha ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli to‘plami qabul qilindi.

Davlat rahbarlari Alohida strategik sheriklikni yanada chuqurlashtirish va har tomonlama kengaytirish to‘g‘risidagi qo‘shma bayonotni imzoladilar.

Davlat tashrifi doirasida jami 17 ta hujjat imzolandi. 

Mavzuga oid