O‘zbekiston | 07:50 / 15.06.2024
3135
2 daqiqa o‘qiladi

Uchta viloyatda valuta qimmatliklari noqonuniy muomalaga kiritilishi oldi olindi 

Samarqand, Xorazm va Buxoro viloyatlarida valuta qimmatliklari noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Foto: Prokuratura departamenti

Valuta qimmatliklarini noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi
 
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Oqdaryo tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda valuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan N.X. va M.R. jami 3800 AQSh dollarini fuqaro Sh.A.dan 48,5 mln  so‘mga sotib olgan vaqtlaridan ushlanib, ularning yonidan 50,7 mln so‘m, 150 AQSh dollari, 15 Rossiya rubli, 1 Yevro hamda 1 dona pul sanash uskunasi ashyoviy dalil sifatidan olingan.

Departamentning Gurlan tuman bo‘limi tomonidan viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, valuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan M.X. fuqaro O‘.U.dan 3200 AQSh dollarini 40,1 mln so‘mga sotib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Xuddi shunday, Departamentning Buxoro viloyat boshqarmasi tomonidan Buxoro shahri, G‘ijduvon ko‘chasida o‘tkazilgan tezkor tadbirda valuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan U.X. jami 3100 AQSh dollarini fuqaro A.A.dan 39 mln so‘mga so‘mga sotib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Samarqand shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda valuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan F.O‘. va G.B. jami 3100 AQSh dollarini fuqaro A.Z.ga 39,2 mln so‘mga sotgan vaqtlarida ushlanib, ularning yonidan 9,3 mln so‘m va 3570 AQSh dollari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid