Jahon | 15:30 / 17.06.2024
3701
1 daqiqa o‘qiladi

Peruda 6 magnitudali zilzila yuz berdi

Zilzila episentri Peruning Arekipa mintaqasidagi Karaveli shahrida joylashgan.

Peruda 6,0 magnitudali zilzila yuz berdi.

Amerika Qo‘shma Shtatlari Geologik xizmati (USGS) ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila episentri Peruning Arekipa mintaqasidagi Karaveli shahrida bo‘lgan.

Yer silkinishlari o‘chog‘i 19 kilometr chuqurlikda joylashgan. 

Peru Geofizika instituti (PGI) xabar berishicha, zilziladan keyin Panamerikana shossesining ayrim uchastkalarida ko‘chkilar sodir bo‘lgan. 

Favqulodda vaziyatlar milliy markazi (COEN), o‘z navbatida, X ijtimoiy tarmog‘ida zilzila ta’lim muassasasiga zarar yetkazganini, biroq qurbonlar va vayronalar yo‘qligini ma’lum qildi. 

Mavzuga oid