Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eronda yangi shakldagi pul muomalaga kiritiladi
Mijozlar qog‘oz pul yoki bank kartalaridan foydalanmasdan, balki raqamli riyol orqali xarid qilish va pul o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Eronda 21 iyundan mahalliy valutaning yangi shakli – raqamli riyol muomalaga kiritiladi, deb xabar berdi «Vedomosti» mamlakat Markaziy bankiga tayanib.
Raqamli riyol - Eronning rasmiy pul birligi riyolning elektron versiyasidir. Raqamli riyol blokcheyn texnologiyalari yordamida ishlab chiqilgan. Raqamli riyol Eron Markaziy banki tomonidan tartibga solinadi va qo‘llab-quvvatlanadi.
Qayd etilishicha, mijozlar qog‘oz pul yoki bank kartalaridan foydalanmasdan, balki shtrix-kodni skanerlash orqali xarid qilish va pul o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Raqamli riyol loyihasi ustidagi ishlar uch yil avval boshlangan edi. Hozir mamlakatda mahalliy Mellat va Tejarat banklari ishtirokida uni sinovdan o‘tkazish jarayoni boshlanadi.
Loyiha faqat Fors ko‘rfazidagi erkin iqtisodiy hudud – Kish orolida ishga tushiriladi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
20:03 / 23.05.2025
Rimda AQSh va Eron o‘rtasida yadroviy dastur bo‘yicha muzokaralar boshlandi
16:28 / 23.05.2025
Eron 2023 yilda Ozarboyjon elchixonasiga hujum qilgan erkakni qatl qildi
20:49 / 15.05.2025