Jahon | 21:42 / 19.06.2024
39506
2 daqiqa o‘qiladi

Dunyodagi eng issiq va eng sovuq mamlakatlar ma’lum qilindi 

Rossiya, Qirg‘iziston va Tojikiston eng sovuq mamlakatlar o‘ntaligidan joy oldi. Eng issiq mamlakatlar reytingida Afrika davlatlari ustunlik qilmoqda. 

Qirg‘iziston / Foto: Getty Images

Yerdagi o‘rtacha harorat Tselsiy bo‘yicha taxminan 16 darajani tashkil qiladi, lekin sayyoraning turli qismlarida u ancha yuqori yoki pastroq bo‘lishi mumkin. 

Trading Economics farqlarni o‘rganib, dunyodagi eng sovuq va issiq mamlakatlarni aniqlashga qaror qildi. 

Qayd qilinishicha, reyting Jahon bankining 2022 yilga mo‘ljallangan ma’lumotlariga asoslanadi. 

Shunday qilib, Grenlandiya Yerdagi eng sovuq mamlakat bo‘lib chiqdi, u yerda o‘rtacha harorat -18,6°S. Keyingi o‘rinlarda Kanada (-4,2°S) va Rossiya (-2,9°S). Bu yirik davlatlar issiq joylarga ham ega, ammo shimoldagi katta hududlar umumiy statistikaga hissa qo‘shgan. 

Qizig‘i shundaki, sovuq mamlakatlar reytingida Qirg‘iziston va Tojikiston ham yuqori o‘rinlarni egallagan. Bu ularning aksariyat hududi tog‘li ekani bilan izohlanadi. 

10 ta eng sovuq mamlakat:

- Grenlandiya (-18,6°S);

- Kanada (-4,2°S);

- Rossiya (-2,9°S);

- Mo‘g‘uliston (1,3°S);

- Islandiya (2,1°S);

- Norvegiya (2,9°S);

- Finlandiya (3,2°S);

- Shvetsiya (3,8°S);

- Qirg‘iziston (3,9°S);

- Tojikiston (5,1°S). 

Eng issiq mamlakat G‘arbiy Afrikadagi Burkina-Faso bo‘lib, o‘rtacha harorat Tselsiy bo‘yicha 29,3 darajaga teng. 

Eng issiq 10 ta davlat:

- Burkina-Faso (29,3°S);

- Mali (29,2°S);

- Qatar (29,1°S);

- Senegal (29°S);

- BAA (28,9°S);

- Mavritaniya (28,9°S);

- Bahrayn (28,8°S);

- Aruba (28,8°S);

- Jibuti (28,6°S);

- Gambiya (28,5°S). 

O‘zbekiston eng sovuq mamlakatlar reytingida 62-o‘rinda, eng issiq mamlakatlar reytingida 144-o‘rinda qayd etilgan - yillik o‘rtacha harorat Tselsiy bo‘yicha 14,9 daraja.

Mavzuga oid