O‘zbekiston | 23:14 / 19.06.2024
6215
1 daqiqa o‘qiladi

Prezident huzurida diniy-ma’rifiy yo‘nalishdagi masalalar ko‘rib chiqildi

Shavkat Mirziyoyevga diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan ishlar haqida axborot berildi. 

Prezident huzurida diniy-ma’rifiy yo‘nalishdagi masalalar ko‘rib chiqildi. Yig‘ilishda buyuk mutafakkirlarning asarlarini aholi, ayniqsa yoshlar orasida keng o‘rganish va targ‘ib qilish zarurligi alohida ta’kidlandi. Bu ayniqsa, hozirgi tahlikali davrda, dunyoda turli kuchlar din mohiyatini buzishga va yoshlarni haqiqiy yo‘ldan adashtirishga urinayotgan bir paytda juda dolzarbligi ta’kidlandi. 

Bu jarayonda Haj ibodatini ado etayotgan yurtdoshlarning ham katta o‘rni borligi qayd etildi. 

Shuningdek, davlat rahbari bu ishlarda xalqimiz va chet ellik mehmonlarni ajdodlarimizning bebaho merosi bilan keng tanishtirishga, ma’rifatli islom g‘oyalarini ilgari surishga xizmat qiladigan Islom sivilizatsiyasi markazi faol ishtirok etishi muhimligini ta’kidladi. Markazning kelgusidagi rejalari to‘g‘risida axborot berildi.

Mavzuga oid