Jahon | 09:48 / 19.06.2024
16794
4 daqiqa o‘qiladi

Foto: Putin Shimoliy Koreyaga tashrif buyurdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Shimoliy Koreyaga tashrif buyurdi. U ushbu davlat yetakchisi Kim Chen Inga Pxenyan aeroportida shaxsan kutib olgani uchun chuqur minnatdorlik bildirdi. Bu haqda Koreya markaziy axborot agentligi xabar berdi.

Har ikki davlat rahbarlari qo‘l berib, quchoqlashdi. So‘ngra Kim Chen In Rossiya prezidentining maxsus mashinasiga o‘tirib, uni faxriy mehmonlar uchun mo‘ljallangan «Kumsusan» qarorgohiga shaxsan kuzatib qo‘ydi.

«Ajoyib tungi manzara fonida Pxenyanning go‘zal ko‘chalari bo‘ylab yurgan oliy rahbarlar o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdilar hamda KXDR va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlarni yanada ishonchli rivojlantirish bo‘yicha fikr almashdilar», — deyiladi KMAA xabarida. 

Pxenyan ko‘chalarida Rossiya bayroqlari va Putin aks etgan bannerlar
Foto: Sputnik / imago images / Scanpix / LETA
Ishchilar va xavfsizlik xizmati xodimi Pxenyan aeroporti hududida
Foto: Sputnik / imago images / Scanpix / LETA
Pxenyanda Vladimir Putinni kutib olish bo‘yicha repetitsiya
Foto: Sputnik / imago images / Scanpix / LETA
Pxenyandagi binolardan birida Putin aks etgan banner
Foto: Sputnik / imago images / Scanpix / LETA
RF  prezidenti tashrifiga tayyorgarlik
Foto: Sputnik / imago images / Scanpix / LETA
KXDR yetakchisi Kim Chen In Putinni Pxenyan aeroportida samolyot trapida kutib oldi
Foto: Sputnik / imago images / Scanpix / LETA
Putin va Kim Chen In uchrashuvi
Foto: Sputnik / imago images / Scanpix / LETA
Foto: Sputnik / imago images / Scanpix / LETA
Vladimir Putin va Kim Chen In rossiyaliklar prezidentini Pxenyan aeroportida kutib olish marosimi vaqtida
Gavriil Grigorov / Sputnik / imago images / Scanpix / LETA

Putin Shimoliy Koreyaga 18 iyun kuni kechqurun yetib keldi. Bu uning Shimoliy Koreyaga ikkinchi tashrifi. Birinchisi 2000 yil iyul oyida bo‘lib o‘tdi. O‘shanda Rossiya prezidenti KXDRning amaldagi rahbari Kim Chen Irning otasi bilan uchrashgan.

Kim Chen In va Vladimir Putin Pxenyan aeroportida
Foto: Sputnik / imago images / Scanpix / LETA
Gavriil Grigorov / Sputnik / AFP / Scanpix / LETA

Rossiya rahbariga joriy safarda bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Denis Manturov, bosh vazir o‘rinbosari Aleksandr Novak, mudofaa vaziri Andrey Belousov, tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va boshqalar hamrohlik qilmoqda. 

Tomonlar savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash hamda qishloq xo‘jaligi, energetika, transport va xavfsizlik sohalarida hamkorlikni muhokama qiladi. «Nodon sinmun» nashriga yozgan maqolasida prezident Putin Moskva va Pxenyanning «G‘arb nazorati ostida bo‘lmagan savdo va o‘zaro hisob-kitoblar muqobil mexanizmlarini» ishlab chiqish rejalari haqida gapirdi. Bundan tashqari, Putin Kim Chen Inga Ukrainadagi mojarodagi qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorchilik bildirib, Moskva «ayyor dushmanga qarshi turishda» Pxenyanni qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi. 

Mavzuga oid