Iqtisodiyot | 09:17 / 20.06.2024
23156
3 daqiqa o‘qiladi

2024 yil uchun bug‘doy xarid qilish va sotish tartibi tasdiqlandi

2024 yil g‘alla hosilidan boshlab davlat resursi sifatida tovar bug‘doyni xarid qilish jarayonida QQS hisobga olinmaydi va sotishda soliq solish bazasiga kiritilmaydi.

Foto: Getty Images

Vazirlar Mahkamasining “2024 yil hosilidan bug‘doy xarid qilish va ichki bozorda narxlar barqarorligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

2024 yil hosilidan sug‘oriladigan maydonlarning har gektaridan o‘rtacha 2,5 tonnadan, jami 2 mln 550 ming tonna bug‘doyning, jumladan:

  • 1 mln 513 ming tonnasi fermer xo‘jaliklari hamda boshqa bug‘doy yetishtiruvchilar tomonidan keyinchalik birja savdolarida sotish uchun Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining tijorat vakilida vaqtinchalik saqlashga qabul qilinadi;
  • 837 ming tonnasi tovar bug‘doy davlat resursi sifatida;
  • 200 ming tonnasi urug‘lik uchun Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan xarid qilinadi.

 
2024 yil g‘alla hosilidan boshlab bug‘doyni saqlash quvvatiga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar Jamg‘armaning tijorat vakili hisoblanadi. Ular tovar bug‘doyni xarid qilish va sotish bo‘yicha elektron hisobvaraq-faktura hisobini yuritadi, shuningdek d-xarid.uz axborot tizimiga kiritiladigan moliyaviy hisob-kitoblar va ma’lumotlarning haqqoniyligiga shaxsan javobgar hisoblanadi.

2024 yil g‘alla hosilidan boshlab:

  • davlat resursi sifatida tovar bug‘doyni xarid qilish jarayonida QQS hisobga olinmaydi va sotishda soliq solish bazasiga kiritilmaydi;
  • ustav fondida davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori bo‘lgan tijorat banklari tomonidan davlat resursi sifatida tovar bug‘doyni xarid qilish jarayonida bank xizmatlari undirilmaydi;
  • davlat resursi sifatida hamda vaqtincha saqlashga qabul qilinadigan bug‘doyning sifati, saqlanishi hamda xaridorlarga yuklab jo‘natilishida tovar bug‘doyning sifati bo‘yicha nazorat “O‘zagroinspeksiya” tomonidan amalga oshiriladi.

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • 2024 yil hosilidan vaqtinchalik saqlash, davlat resursi va urug‘lik uchun bug‘doyni qabul qilish omborlari dislokatsiyasi;
  • 2024 yil hosilidan davlat resursi sifatida xarid qilinadigan bug‘doy narxlarini aniqlash koeffitsiyentlari.

Mavzuga oid