Shumanay tumaniga yangi hokim tayinlandi
Adilbek Ametov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Shumanay tumaniga hokim bo‘ldi. Tumanga 2016 yildan beri hokimlik qilib kelayotgan Bahadir Yangibayev lavozimidan ozod etilgan.

Foto: Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qarg‘i Kengesi matbuot xizmati
Bugun xalq deputatlari Shumanay tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tgan. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qarg‘i Kengesi matbuot xizmati xabar berdi.
Sessiyada Ametov Adilbek Orazimbetovich Shumanay tumani hokimi lavozimiga tasdiqlangan. Qayd etilishicha, Adilbek Ametov faoliyati davomida ko‘plab mas’uliyatli lavozimlarda mehnat qilgan.
2016 yildan bugungacha Shumanay tumani hokimi bo‘lib ishlab kelgan Bahadir Yangibayev lavozimidan ozod etilgan. U hokim bo‘lgunga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi lavozimida ham faoliyat ko‘rsatgan.
Tavsiya etamiz
“Sirtqi ta’lim yopilsa, hech narsa yo‘qotmaymiz” – mutaxassislar bilan suhbat
O‘zbekiston | 15:26 / 19.05.2025
Trampni siylagan arablar, muzlatilgan savdo urushi va amalga oshmagan “duel” - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 16:04 / 17.05.2025
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
Mavzuga oid

11:18 / 25.07.2024
Tadbirkorning murojaatini o‘z vaqtida ko‘rib chiqmagan hokim o‘rinbosari javobgarlikka tortiladi

11:45 / 07.07.2022