Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida chegaradan salkam 2 mlrd so‘mlik zargarlik buyumlarini olib o‘tmoqchi bo‘lganlar ushlandi
Toshkent viloyati bojxonachilari tomonidan chegarada umumiy qiymati salkam 2 mlrd so‘mlik zargarlik buyumlarini noqonuniy ravishda olib o‘tmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi.
Toshkent viloyati bojxonachilari tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari bilan hamkorlikda qimmatbaho metallardan yasalgan zargarlik buyumlarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.
Viloyat bojxona boshqarmasi xabariga ko‘ra, «Bekobod-avto» chegara bojxona postiga piyoda holda kirib kelgan ikki nafar fuqaro bojxona xodimlari tomonidan belgilangan tartibda shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazilgan.

Shunda, fuqarolarning bel qismiga matoga o‘rab yashirilgan umumiy qiymati salkam 2 mlrd so‘mlik 1696 gramm zargarlik buyumlari borligi aniqlandi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
12:26 / 26.05.2025
Birjaga chiqariladigan oltin hajmi oshiriladi
12:18 / 26.05.2025
Yakka tadbirkorlarga tilla buyumlari bilan savdo qilishga ruxsat beriladi
10:55 / 06.05.2025
Chegarada ushlab qolingan madaniy boyliklar summasi ma’lum qilindi
16:52 / 29.04.2025