Toshkentdagi «Buyuk Turon» ko‘prigi ta’mirlash uchun yopildi
Avtomobillar harakati uchun aylanma yo‘llar tashkil qilindi.
Toshkent shahridagi «Buyuk Turon» ko‘prigi ta’mirlash ishlari boshlangani uchun 1 avgustgacha yopiladi. Bu haqda Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligi xabar berdi.
Qayd qilinishicha, Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Temur Malik ko‘chasini kengaytirish ishlari olib borilmoqda. Shu sababdan 20 iyundan 1 avgust kuniga qadar Temur Malik ko‘chasining Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasi bilan kesishmasidagi «Buyuk Turon» ko‘prigi avtomobillar harakati uchun yopiladi.
Ta’kidlanishicha, Buyuk Ipak yo‘lidan harakatlanayotgan avtomobillar Temur Malik yo‘li bilan aylanib o‘tib, harakatini davom ettirishi mumkin. Shuningdek, ushbu yo‘llar kesishmasida maxsus svetoforlar o‘rnatilgan.
Mavzuga oid
12:06 / 16.11.2024
“Biz to‘g‘ridan to‘g‘ri zavod bilan ishlaymiz”: Toshkentda 16 kunlik firma odamlarni “halol lizing”ga mashina olib berishga ishontirmoqda
16:21 / 11.11.2024
Toshkent shahri havosini eng yomon deb ko‘rsatgan stansiya buzilib qoldi
14:14 / 24.10.2024
Poytaxt drenaj tizimini yaxshilash uchun 6 mlrd so‘m ajratildi
16:56 / 25.09.2024