Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniya mehnat bozoriga kirib kelayotgan O‘zbekiston fuqarolariga til o‘rgatish markazlari tashkil etiladi
O‘zbekiston elchisi Ravshan Usmonov Britaniyaning Imperial English UK ta’lim tashkiloti ta’sischisi va direktori Govind Desai bilan uchrashuv o‘tkazdi.
"Dunyo" xabariga ko‘ra, muloqot avvalida Govind Desai Imperial English UK faoliyati to‘g‘risida batafsil so‘zlab berdi.
Tomonlar kelgusida muassasa bilan ingliz tilini an’anaviy va raqamli platformalar orqali o‘rgatish, ingliz tili o‘qituvchilarining malakasini baholash va oshirish, shuningdek, IELTS va TESOL treninglarini tashkil etishda hamkorlik qilish masalalarini muhokama qildilar.
Uchrashuv natijasida ingliz tilini o‘rgatishning barcha bosqichlari yuzasidan hamkorlik qilish, Britaniya mehnat bozoriga kirib kelayotgan O‘zbekiston fuqarolariga mutaxassislik bo‘yicha ingliz tilini o‘rgatishga mo‘ljallangan markazlarni tashkil etish va boshqalar to‘g‘risidagi kelishib olindi.
Imperial English UK ta’lim tashkiloti Buyuk Britaniyada ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, muassasaning bosh ofisi Birmingem shahrida joylashgan. Tashkilot 35 dan ortiq mamlakatlar bilan hamkorlik qiladi.
Mavzuga oid
18:29 / 27.05.2025
Argentina Britaniyani Folklend orollari bo‘yicha muzokaralarni qayta tiklashga chaqirdi
09:22 / 23.05.2025
Britaniyalik 500 dan ortiq o‘qituvchi O‘zbekistondagi maktablarga jalb qilinadi
10:39 / 20.05.2025
Britaniya, Fransiya va Kanada Isroilga «aniq choralar» bilan tahdid qildi
13:15 / 13.05.2025