Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
MANGO Tashkent City Mall: mavsumiy chegirmalar avji va keltirilgan yangi zamonaviy liboslar
«Antria fashion»ning O‘zbekistondagi riteyleri tomonidan taqdim etilgan yangi MANGO do‘koni mavsumiy chegirmalar avjida ekanini (50% gacha!) e’lon qiladi hamda yorqin urg‘ular bergan holda uchta ekspress savolga javob qaytaradi: Qayerda? Nima? Qachon?
Foto: MANGO
QAYeRDA? Poytaxtimiz aholisi va mehmonlari uchun sevimli maskan - «Tashkent City»dagi eng yirik savdo markazining ikkinchi qavatida. Jahon brendining yangi moda makoni aynan mana shu yerda joylashgan bo‘lib, rasmiy kiyimlardan kundalik liboslargacha - ideal zamonaviy uslubni namoyon etadi.
NIMA? Kiyim, poyabzal va aksessuarlarga 50% gacha chegirmalar taqdim etuvchi mavsumiy sotuvlar. Garderobni zig‘ir tolasidan ishlangan zamonaviy liboslar, «Mango»ning jinsidan maxsus mahsulotlar liniyasi, oqshom yoki kundalik kiyimlar, shuningdek, ko‘ylaklar, futbolkalar, poshnali va poshnasiz zamonaviy poyabzallar bilan to‘ldirish uchun eng qulay vaqt keldi.
QAChON? Mavsumiy chegirmalar iyun oyi oxirigacha davom etadi. Lekin yangi to‘plamlarni siz har doim bu yerda topishingiz mumkin. To‘g‘rirog‘i, yangi mahsulotlar oyiga kamida bir marta keltiriladi. Bu «Antria fashion»dan yangi Mango franshizasining asosiy tamoyillaridan biridir. Shuningdek riteyler jahon moda sanoatida katta tajribaga ega kuchli xaridorlarga tayanadi.
Katerina Yan, CEO Antria fashion:
- Mango brendi har yili 12 ga yaqin turli zamonaviy to‘plamlarni chiqaradi, bunda bichim va matolar sifatiga katta e’tibor qaratiladi. Mango nuqtai nazaridan bizning riteylimizning asosiy maqsadi – kundalik va biznes uslubidan tortib kokteyl hamda oqshom obrazlarigacha – uning barcha qirralarini ko‘rsatishdan iborat. Biz O‘zbekistonga cheklangan to‘plamlarni ham, masalan, «Arab kapsulasi»ni olib kelishga tayyormiz. Do‘konni ochish chog‘ida bizga berilgan: nega O‘zbekistonda yana bir Mango franshizasini taqdim etdingiz, axir ushbu brend bozorda boshqa riteyler tomonidan olib kirilgan-ku, degan savolga javobimiz ham shundan kelib chiqadi. Biz raqobatchilarimizni hurmat qilamiz, bozorimiz esa katta ekani, unda barcha o‘yinchilarning rivojlanishi uchun imkoniyatlar yetarliligiga ishonamiz. Qolaversa, bitta brendni ifodalash, lekin to‘plamlarni taqdim etish, tanlash va qamrab olishda turfalikni namoyon etish mumkin.
Website | Telegram
Tashkent City Mall, 2-qavat,
Dushanba-Juma: 10:00 - 23:00
Shanba-Yakshanba: 10:00 - 00:00
Tel.: +99877 090-00-12
Reklama huquqi asosida