Malayziya O‘zbekiston bilan "yashil" energiya sohasidagi hamkorlikka qiziqish bildirmoqda
O‘zbekiston elchisi Karomiddin Gadoyev Malayziyaning Hextar Global kompaniyasi qarorgohiga tashrif buyurdi va kompaniya rahbari Ervan bin Taxir bilan uchrashuv o‘tkazdi.
"Dunyo" xabariga ko‘ra, muloqot davomida Hextar Group kompaniyalar guruhi va Hextar Global kompaniyasi bilan o‘zaro hamkorlikni qilish masalalari muhokama qilindi.
Ervan Taxir kompaniyaning boshqa mamlakatlarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish orqali biznes ko‘lamini yanada kengaytirish rejalari bilan o‘rtoqlashdi. Kompaniya vakili O‘zbekistonda davlat xususiy sherikchilik asosida loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etish, jumladan gidroelektr va shamol elektr stansiyalari kabi qayta tiklanuvchi energiya hamda telekommunikatsiya sohalaridagi loyihalarga xususiy sherik sifatida sarmoya kiritish takliflarini ko‘rib chiqishga tayyorligini bildirdi.
Uchrashuvda Hextar Group kompaniyalar guruhi tomonidan "O‘zkimyosanoat" AJ bilan kimyo sanoati hamda Energetika vazirligi bilan "yashil energiya" sohalarida hamkorlik qilish imkoniyatlarini o‘rganib chiqish va kompaniya vakillarining O‘zbekistonga tashrifini tashkil etishga kelishildi.
Mavzuga oid
13:27 / 21.11.2024
O‘zbekiston fuqarolari Malayziyada qonuniy asosda ish bilan ta’minlanishi mumkin
12:01 / 21.11.2024
Malayziya universiteti bilan qo‘shma ta’lim dasturlari amalga oshiriladi
16:58 / 16.11.2024
O‘zbekiston qayta tiklanuvchi energiya manbalari quvvatini 27 gigavattga oshirmoqchi
09:30 / 07.11.2024