O‘zbekiston | 16:50 / 24.06.2024
3465
2 daqiqa o‘qiladi

Senat raisi “Rahbar ayollar maktabi” tinglovchilari bilan uchrashdi

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi va Davlat boshqaruvi Akademiyasi hamkorligida tashkil etilgan “Rahbar ayollar maktabi” maxsus o‘quv-kurslari doirasida 100 nafar xotin-qizlar o‘qitildi.

Foto: Senat axborot xizmati

Joriy yilgi mavsumda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan, shuningdek, vazirlik va idoralarda faol 45 nafar xotin-qizlar saralab olindi va 1 apreldan boshlab ikki oydan ko‘proq vaqt davomida o‘quv reja asosida kasbiy va malakaviy bilimlarini oshirdi.

22 iyun kuni Senat raisi Tanzila Norbayeva ushbu kurs tinglovchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda yosh rahbar ayollar uchun muvaffaqiyatga erishish yo‘llari, ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanish hamda jamiyatdagi rolini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Tanzila Norbayeva rahbar ayollar maktabi ayollar yetakchiligini qo‘llab-quvvatlashda va ularning imkoniyatlarini kengaytirishda muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.

Uchrashuv davomida davlat boshqaruvidagi rahbar ayollar hayotidagi burilishlar, tajribalari, turli vaziyatlarda to‘g‘ri qarorlar qabul qilish mahorati haqidagi hayotiy misollar keltirildi. Tinglovchilar turli sohalarni rivojlantirish bo‘yicha taklif va tashabbuslarini ilgari surdi. 

Mavzuga oid