Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniya O‘zbekistonda ijtimoiy farovonlikni yaxshilashga qaratilgan loyihalarga investitsiya kiritishi mumkin
Londonda O‘zbekistonning yetakchi iqtisodiy va moliyaviy tuzilmalari xususiylashtirish hamda transformatsiya qilish sohasidagi hamkorlik bo‘yicha taqdimotlarini namoyish etdi.
Foto: "Dunyo" AA
18-21 iyun kunlari London shahrida O‘zbekiston elchixonasi Britaniya Biznes va savdo vazirligi ko‘magida roud-shou o‘tkazdi.
"Dunyo" xabariga ko‘ra, London fond birjasida bo‘lib o‘tgan tadbir davomida Britaniya tomoniga O‘zbekistondagi yirik davlat korxonalarini xususiylashtirish va transformatsiya qilish sohasida hamkorlik, jumladan, aksiyalarni birlamchi (IPO) va ikkilamchi (SPO) joylashtirish masalalari yuzasidan taqdimotlar o‘tkazildi.
Britaniyaning Franklin Templeton Investmens kompaniyasi bilan o‘zaro fondlar tashkil etish, individual boshqaruv portfellarini shakllantirish, iqtisodiyot tarmoqlaridagi korxonalarning quvvatlarini kengaytirish hamda uskunalarni modernizatsiya qilish uchun uzoq muddatli moliyalashtirish masalalari muhokama qilindi.
Britaniya tomoni O‘zbekiston bilan barqaror rivojlanish va korporativ ijtimoiy mas’uliyat amaliyotlarini joriy etish hamda O‘zbekistonda ekologik vaziyatni va ijtimoiy farovonlikni yaxshilashga qaratilgan loyihalarga investitsiya kiritishni ko‘rib chiqishga tayyorligini bildirdi.
Ikki tomonlama uchrashuv davomida YuKIEF Britaniya Eksport-kredit agentligi O‘zbekistonda iqtisodiy sohada olib borilayotgan islohotlarni yuqori baholab, respublikada amalga oshirilayotgan infratuzilmaviy loyihalarga sarmoyalarni yo‘naltirishga tayyorligini tasdiqladi.
Mavzuga oid
18:29 / 27.05.2025
Argentina Britaniyani Folklend orollari bo‘yicha muzokaralarni qayta tiklashga chaqirdi
13:15 / 26.05.2025
O‘zbekiston Xitoyning yirik kompaniyalari bilan 20 dan ortiq kelishuvlar imzoladi
12:42 / 23.05.2025
Toshkentda uy-joyga investitsiyalar daromadliligi 4,5 barobarga pasaydi
09:22 / 23.05.2025