Samarqandda uchta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Yuk mashinasi yonib ketdi
MAN yuk mashinasi qayrilib olish uchun to‘xtab turgan Nexia’ning orqasidan urgan. So‘ng u yo‘l o‘rtasidagi beton to‘siqqa urilgan va yong‘in kelib chiqqan.
Samarqand viloyati Jomboy tumanida uchta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘lgan. Viloyat IIB YHXB axborot xizmatining xabar berishicha hodisa 2024 yil 26 iyun kuni tunda yuz bergan.
Shu kuni soat 22:30 larda M-39 Toshkent-Termiz avtomobil yo‘lining Jomboy tumani "Beshbola" MFY hududidan o‘tuvchi qismida qayrilib olish uchun to‘xtab turgan Nexia’ning orqasidan o‘zi bilan bir yo‘nalishda kelayotgan MAN yuk mashinasi urib yuborgan.
Shundan so‘ng Nexia qarama-qarshi yo‘nalishda kelayotgan GAZ-60 mashinasi bilan to‘qnashgan. Uni urib yuborgan MAN esa yo‘l o‘rtasidagi to‘siqqa urilgan va yuk mashinasida yong‘in sodir bo‘lgan.
Hodisa oqibatida MAN yuk mashinasi yonib ketgan. FVB xodimlari yong‘inni o‘chirishgan. Shuningdek, Nexia va GAZ-60 mashinalari ham jiddiy shikastlangan.
Qayd etilishicha, hodisada hech kim tan jarohati olmagan va halok bo‘lmagan. Hozirda holat yuzasidan Jomboy tuman IIB JXX YHXB tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
“Barcha haydovchilardan yo‘llarda tezlikni me’yoridan oshirmasdan yo‘l harakati qoidalariga amal qilgan holda avtomashinasini boshqarishlarini so‘rab qolamiz”, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
15:31 / 31.08.2024
Samarqandda maktab o‘quvchisi mashina boshqarib inson o‘limiga sabab bo‘ldi
16:23 / 29.07.2024
Volgograd oblastida yo‘lovchi poyezd yuk mashina bilan to‘qnashdi
15:50 / 27.07.2024
AQShda 38 yashar o‘zbekistonlik trakchi YTH tufayli vafot etdi
13:07 / 27.07.2024