Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gurjiston milliy jamoasiga Yevro-2024da pley-offga chiqqani uchun 10 mln yevro mukofot puli beriladi
Gurjiston milliy jamoasiga Yevro-2024da guruhdan chiqqani uchun 10 million yevro va’da qilingani ma’lum bo‘ldi.
Turnir guruh bosqichining so‘nggi o‘yinida Gurjiston Portugaliyani 2:0 hisobida mag‘lub etib, 1/8 finalga yo‘l oldi.
«Gruziya orzusi» partiyasi asoschisi va faxriy raisi, mamlakatning sobiq bosh vaziri Bidzina Ivanishvili milliy jamoani g‘alaba bilan tabrikladi. Partiya matbuot xizmati xabariga ko‘ra, jamoaga 30 mln lari (taxminan 10 mln yevro) o‘tkaziladi.
Bundan tashqari, milliarderning tashabbusi bilan 1/8 final bahsiga ham mukofot puli qo‘yilgan — agar Ispaniya mag‘lub etilsa, jamoa qo‘shimcha yana 10 mln yevro oladi.
Mavzuga oid
13:16 / 27.05.2025
Gurjiston Mustaqilligi kunida Tbilisida namoyishlar tinch o‘tdi
10:53 / 24.05.2025
Gurjistonda muxolifat yetakchilaridan biri Japaridze hibsga olindi
16:50 / 25.04.2025
Gurjiston sobiq bosh vaziri va hukmron partiya raisi Irakliy Garibashvili siyosatdan ketishini e’lon qildi
11:39 / 18.04.2025