Jamiyat | 12:46 / 30.06.2024
5157
1 daqiqa o‘qiladi

Qamchiq dovonida yuk mashinasi yonib ketdi

Vodiy-Toshkent yo‘nalishida harakatlanayotgan yuk mashinasi YPX maskani oldida boshqaruvni yo‘qotib beton to‘siqqa urilgan va oqibatda yong‘in kelib chiqqan.

Foto: Qamchiqavtoyo‘l

Vodiy viloyatlarini O‘zbekistonning boshqa hududlari bilan bog‘lovchi Qamchiq dovonida yuk mashinasi yonib ketgan. “Qamchiqavtoyo‘l” matbuot xizmatining xabar berishicha, hodisa 2024 yil 30 iyun kuni soat 00:45 da sodir bo‘lgan.

Qamchiq dovonida Vodiy-Toshkent yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan IVECO yuk mashinasi boshqaruvni yo‘qotib YPX maskanidagi beton to‘siqqa urilib, yong‘in sodir bo‘lgan. Oqibatda yuk mashinasi yonib ketgan.

FVB o‘t o‘chiruvchilar bo‘linmasi tomonidan yong‘in o‘chirilgan. Hodisada hech kim tan jarohati olmagan, halok bo‘lmagan. Hozirda avtotransport vositalari ikki tomonlama xavfsiz harakatlanmoqda.

Mavzuga oid