Buxoroda ko‘p qavatli uy qurish bilan shug‘ullangan MChJ rahbari qamoqqa olindi
«Humo Aziya» MChJ rahbari Jamshid Karimov firibgarlik jinoyatini sodir qilishda gumonlanmoqda.
Buxoro shahrida ko‘p qavatli uylarni qurish bilan shug‘ullanib kelgan «Humo Aziya» MChJ rahbariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Buxoro viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, «Humo Aziya» MChJ rahbari Jamshid Karimov tomonidan qurilayotgan ko‘p qavatli uylarda sodir etilgan qonunbuzilish holatlari aniqlangan. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi “a” bandi va 229-moddasi (o‘zboshimchalik) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Unga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Ayblanuvchi tomonidan Buxoro shahrining Islom Karimov hamda Sadriddin Ayniy ko‘chalarida qurilayotgan ko‘p qavatli uylarni sotib olish uchun shartnoma imzolagan va tergov organi tomonidan bugungi kunga qadar tegishli tartibda jabrlanuvchi sifatida e’tirof etilmagan fuqarolardan Buxoro shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limiga murojaat qilishlari so‘ralmoqda.
Xabarda MChJ tomonidan qurilayotgan ko‘p qavatli uylarda qanday qonunbuzilish holatlari sodir etilgani ochiqlanmagan.
Mavzuga oid
10:40 / 19.11.2024
Andijonda Bobur haykalini ko‘chirib, o‘rniga savdo majmuasi, ko‘ngilochar markazlar qurish rejalashtirilmoqda
10:27 / 14.11.2024
Toshkentda eng arzon uy-joy ijarasi qaysi tumanlarda ekani aytildi
12:10 / 13.11.2024
O‘zbekiston uy-joy bozorida faollik darajasi pasaydi
13:32 / 06.11.2024