Profilaktika ishlari sababli elektr energiyasi uchun onlayn to‘lov jarayonida texnik uzilishlar kuzatilishi ma’lum qilindi
2 iyul soat 00:00dan 3 iyul soat 22:00gacha “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ ma’lumotlarni qayta ishlash markazida profilaktik ishlar olib boriladi. Ushbu vaqtda qarzdor iste’molchilar avtomatik tarzda tarmoqdan ajratilmaydi.
Profilaktika ishlari sababli elektr energiyasi uchun onlayn to‘lov jarayonida texnik uzilishlar kuzatilishi mumkin. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilishicha, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan ko‘rsatilayotgan elektron xizmatlar sifatini yanada oshirish hamda iste’molchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida 2024 yil 2 iyul soat 00:00dan 3 iyul soat 22:00gacha ma’lumotlarni qayta ishlash markazida profilaktik ishlar olib boriladi.
Mazkur vaqt oralig‘ida elektr energiyasi uchun onlayn to‘lovlarni amalga oshirish hamda shaxsiy hisobraqamdagi mavjud ma’lumotlarni olishda texnik uzilishlar bo‘lishi mumkin. Iste’molchilarga qulaylik yaratish maqsadida ayni muddatda qarzdor iste’molchilar avtomatik tarzda tarmoqdan ajratilmaydi.
Mavzuga oid
10:00 / 22.09.2024
Andijon va Xorazm viloyatlarida energiya resurslaridan noqonuniy foydalangan korxonalar aniqlandi
17:31 / 28.08.2024
Elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun majburiy to‘lovlarni undirish tartibiga o‘zgartirishlar kiritildi
21:08 / 22.08.2024
Gaz qazib olish qisqaryapti, elektr energiyasi ishlab chiqarish ham kamaygan
15:24 / 19.08.2024