O‘zbekiston | 10:26 / 02.07.2024
3417
2 daqiqa o‘qiladi

Qoraqalpog‘istonda 15 mlrd so‘mlik davlat xaridlarini amalga oshirishda qonun talablari buzilgan – Raqobat qo‘mitasi

Qoraqalpog‘istonda ta’lim tizimidagi tashkilotlar 21 ta holatda umumiy qiymati 15 mlrd 74,3 mln so‘mlik davlat xaridlarini amalga oshirishda qonun talablarini buzgan.

Qoraqalpog‘iston Oliy ta’lim fan va innovatsiya vazirligi tizimidagi tashkilotlari tomonidan o‘tkazilgan tanlov savdolari bo‘yicha 21 ta holatda davlat xaridlarini amalga oshirishda qonun talablari buzilgan. Bu haqda Raqobat qo‘mitasi axborot xizmati xabar berdi.

«Davlat xaridlari tanlovlarining ba’zilarida ishtirokchilarga qo‘yilayotgan malaka talablarini baholash mezonlari ishlab chiqilmaganligi, ayrimlarida ishlab chiqilgan mezonlarda qanday holatda yuqori yoki past ball qo‘yish bo‘yicha aniq tartib belgilanmaganligi natijasida xarid komissiyasi a’zolari tomonidan ishtirokchilarga asoslantirilmagan baholar qo‘yilgan va xarid hujjatlariga muvofiq takliflarni baholash talablari buzilishiga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi», deyiladi qo‘mita xabarida.

Jumladan, quyidagi holatlarda davlat xaridlarini amalga oshirishda qonun talablari buzilgan:

  • Oliy ta’lim muassasalari tomonidan 16 ta holatda o‘tkazilgan tanlovlarda jami 14 mlrd 29, 5 mln so‘mlik;
  • Kasb-hunar maktablari tomonidan 3 ta holatda o‘tkazilgan tanlovlarda jami 685 mln so‘mlik;
  • Akademik litseylar tomonidan o‘tkazilgan 2 ta tanlovda 359,8 mln so‘mlik.

O‘rganish natijalari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Raqobat qo‘mitasi tomonidan begilangan tartibda ish qo‘zg‘atilib, tegishli choralar ko‘rilgan.

Mavzuga oid