Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov kiyim do‘koni tavsiya qilingan rolikda ko‘rinish berdi
O‘zbekistondagi erkaklar kiyim do‘konlaridan birining reklama xususiyatidagi roligida madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov ko‘rinish berdi. Rolik do‘konning Instagram sahifasida e’lon qilindi. Vazirning harakatlariga Raqobat qo‘mitasi huquqiy baho beradi.
Toshkent shahrida joylashgan kiyim do‘konlaridan biri Instagram sahifasiga madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov do‘konni reklama qilganiga oid rolikni joyladi.
Videoda vazir do‘kon Toshkentning qoq markazida joylashganini ta’kidlarkan, o‘zbekistonliklar Italiya sifatiga teng darajada mahsulotlar ishlab chiqarayotganini aytgan.
“Bu yerda kiyim-kechaklar, sport yo‘nalishidan tortib klassikagacha, barcha yo‘nalishlar mavjud. Kirib bir narsaga qoyil qoldim, Italiyaning eng yuqori sifatli mollaridan kam emas. Bu holatdan faqat faxrlandik. Barcha o‘zbek xalqini milliy mahsulotlarimizni qo‘llab-quvvatlashga chaqiramiz”, — degan vazir.
Do‘kon rolik joylangan sahifa izohida Ozodbek Nazarbekovni madaniyat vaziri, O‘zbekiston xalq artisti va The Voice of Uzbekistan loyihasi hakamlaridan biri deb tanishtirgan hamda unga eng aktual obraz taqdim etilganini ta’kidlagan.
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining ma’lum qilishicha, holatning “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunga mosligi o‘rganiladi.
Mavzuga oid
16:17 / 03.05.2025
Toshkentda ruxsatsiz o‘rnatilgan reklama, banner va peshlavhalar olib tashlanmoqda
16:31 / 28.04.2025
Umraga oid reklama qonunchiligini buzganlar jazolandi
23:07 / 17.04.2025
AQSh sudi Googleʼni onlayn reklama bozorida monopolist deb topdi
08:40 / 26.03.2025