Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston U23 jamoasining Parij Olimpiadasi uchun kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi
O‘zbekiston olimpiya jamoasi bosh murabbiyi Temur Kapadze Parij-2024 Olimpiadasiga boradigan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi.
Bosh murabbiy tomonidan O‘FA matbuot xizmatiga taqdim etilgan umumiy ro‘yxatdan 23 nafar futbolchi joy olgan. Turnir reglamentiga muvofiq, 3 nafar 23 yoshdan yuqori futbolchilar — Eldor Shomurodov, Oston O‘runov va Husniddin Aliqulov jamoaga jalb etildi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Parij Olimpiadasidagi ishtirokini 24 iyul kuni «Park de Prens» stadionida Ispaniyaga qarshi o‘yin bilan boshlaydi. Guruhdan Misr va Dominikan Respublikasi ham joy olgan.
Avvalroq, Jaloliddin Masharipov ham agar taklif olsa, Parij-2024 Olimpiadasiga borishga tayyorligi haqida ma’lum qilgandi.
Mavzuga oid
00:12 / 04.05.2024
Parij-2024. O‘zbekiston guruh bosqichini Ispaniyaga qarshi o‘yin bilan boshlaydi
22:43 / 03.05.2024
Osiyo kubogi U23. O‘zbekiston finalda Yaponiyaga mag‘lub bo‘lib, ketma-ket ikkinchi marta qit’ada ikkinchi o‘rinni egalladi
16:30 / 30.04.2024
Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinov klubi ixtiyoriga qaytdi
18:22 / 29.04.2024