Belarus ShHTning o‘ninchi a’zosi bo‘ldi
Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlarining 4 iyul kungi Ostona sammitida Belarus rasman tashkilot a’zoligiga qabul qilindi. Shu tariqa, ShHT a’zolari soni o‘ntaga yetdi.
Sammit mezboni, Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev belaruslik hamkasbi Aleksandr Lukashenkoni tabriklab, Belarus ShXT makonida xavfsizlikni mustahkamlashga katta hissa qo‘shishiga ishonch bildirdi. “Aminmanki, bugungi kun Belarus tarixida yorqin sahifa bo‘lib qoladi”, dedi To‘qayev.
Lukashenko bu qarorni qo‘llab-quvvatlagani uchun tashkilotning barcha a’zolariga minnatdorchilik bildirdi. U o‘z so‘zida Belarusning ShHTga qabul qilingan yil mamlakat fashist bosqinchilardan ozod etilganining 80 yilligiga to‘g‘ri kelganiga e’tibor qaratdi. “Bu belarus xalqiga ajoyib sovg‘a bo‘ldi”, – dedi u.
Shanhay Hamkorlik Tashkilotiga 2001 yil 15 iyunda Xitoy, Rossiya, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston tomonidan asos solingan. 2017 yil 9 iyunda Hindiston va Pokiston tashkilot a’zoligiga qabul qilingan. 2022 yil 16 sentabrdagi Sammarqand sammitida Eron ShHTga qo‘shilgan, shu kuni kuzatuvchi maqomidagi Belarusni to‘laqonli a’zolikka qabul qilish jarayoni boshlangan edi.
Hozirda Afg‘oniston va Mongoliya ShHTda kuzatuvchi davlatlar bo‘lib qolmoqda. Yana 14 ta davlat – Turkiya, Ozarboyjon, Armaniston, BAA, Saudiya Arabistoni, Qatar, Kuvayt, Bahrayn, Misr, Kambodja, Maldiv orollari, Myanma, Nepal va Shri-Lanka tashkilotda muloqot-hamkorlar statusiga ega.
Mavzuga oid
20:52 / 20.11.2024
Lukashenko yana 32 nafar siyosiy mahbusni afv etdi
01:38 / 19.11.2024
Lukashenko 21 nafar sobiq kuchishlatar tizimlar vakillarini unvonidan mahrum qildi
20:18 / 16.11.2024
Lukashenko Belarus uysizlar va tekinxo‘rlar bilan «jiddiy kurashishi»ni aytdi
20:49 / 11.11.2024