Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ijodiy imtihon topshiradigan abituriyentlarga alohida ruxsatnomalar berish joriy qilindi
Ruxsatnomada abituriyent haqidagi ma’lumotlardan tashqari imtihon haqidagi ma’lumotlar ham mavjud bo‘ladi.
Kasbiy (ijodiy) imtihon topshiradigan abituriyentlar uchun alohida ruxsatnomalar berish tartibi ishlab chiqildi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma’lum qildi.
Ruxsatnomada abituriyent haqidagi ma’lumotlardan tashqari imtihon haqidagi ma’lumotlar ham mavjud bo‘ladi. Ya’ni, unda kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladigan yo‘nalish, oliy ta’lim muassasasi nomi, manzili, sanasi va vaqti aniq ko‘rsatiladi.
Hozirda ruxsatnomalar my.uzbmb.uz saytida shakllantirilmoqda. Jarayon yakunlangandan so‘ng, abituriyentlar shaxsiy kabinetidan yuklab olishlari mumkin bo‘ladi.
Avvalroq OTMga kirish test sinovlari hamda ijodiy imtihonlar o‘tkazilishi xabar qilingandi.
Mavzuga oid
12:24 / 18.02.2025
OTM bitiruvchilarini ishga joylashishiga ko‘maklashuvchi dastur amalga oshiriladi
10:19 / 15.02.2025
Kambag‘al oilalar farzandiga OTMda qo‘shimcha grant ajratiladi
13:44 / 11.02.2025
OTMda texnika va tibbiyot yo‘nalishlari kvotalari 25 ming o‘ringa yetkaziladi
09:04 / 10.02.2025