Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Hindiston prezidenti va bosh vaziriga ta’ziya yo‘lladi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida sodir bo‘lgan fojia oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani va jarohat olgani munosabati bilan bilan Hindiston prezidenti Draupadi Murmu va bosh vaziri Narendra Modiga ta’ziya yo‘lladi.
Davlat rahbari qurbonlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik izhor etib, jarohatlanganlar tez fursatda sog‘ayib ketishini tiladi.
Hindistonning Uttar-Pradesh shtati Hatras okrugidagi diniy yig‘inda yuz bergan tiqilinchda kamida 121 kishi halok bo‘ldi, 31 kishi jarohat olgan. Qurbonlarning ko‘pchiligini ayollar tashkil etgan.
Fojia Phulrai Mughal Garhi qishlog‘ida sodir bo‘lgan. U yerda 250 mingga yaqin odam voiz Bhole Babani tinglash uchun to‘plangan. Shifokorlarning agentlikka aytishicha, o‘limlarning aksariyatiga bo‘g‘ilish sabab bo‘lgan. Qurbonlar orasida 112 ayol va yetti bola bor.
Mavzuga oid
20:40 / 27.05.2025
Hindiston xususiy firmalarga zamonaviy qiruvchi samolyotlarini yig‘ishga ruxsat berdi
11:37 / 26.05.2025
Dehlida O‘zbekiston-Hindiston ta’lim forumi o‘tkazildi
21:17 / 23.05.2025
Hindistonda kuchli yomg‘ir oqibatida kamida 45 kishi halok bo‘ldi
21:32 / 21.05.2025