O‘zbekiston | 13:31 / 06.07.2024
4041
4 daqiqa o‘qiladi

Dam olish kuni ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin

«O‘zgidromet» 7 iyul, yakshanba kuni kuzatiladigan ob-havo to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Foto: Kun.uz

Toshkent shahri. Havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechga tomon qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, kechga tomon 10-12 m/s.gacha kuchayish ehtimoli bor. Harorat kechasi +20...+22 daraja, kunduzi +34...+36 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi. Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s.gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi +20...+25 daraja, kunduzi +33...+38 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s.gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi +21...+26 daraja, kunduzi +33...+38 daraja bo‘ladi.

Toshkent viloyati. Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s.gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi +19...+24 daraja, kunduzi +32...+37 daraja bo‘ladi.

Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlari. Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s.gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi +19...+24 daraja, kunduzi +32...+37 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyati. Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s.gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi +21...+26 daraja, kunduzi +34...+39 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, kunning ikkinchi yarmida ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s.gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi +19...+24 daraja, kunduzi +32...+37 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari. Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s.gacha kuchayish mumkin. Harorat kechasi +13...+18 daraja, kunduzi +22...+27 daraja bo‘ladi.  

 

Mavzuga oid