O‘zbekiston 5 oyda qariyb 1,3 mlrd dollarlik to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qildi
Bu mamlakat umumiy eksportining 11,8 foizini tashkil etgan.
O‘zbekiston 5 oyda qancha to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qilgani ma’lum qilindi.
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2024 yilning yanvar-may oylarida qiymati qariyb 1,3 mlrd AQSh dollarlik to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qilgan. Bu ko‘rsatkich umumiy eksportning 11,8 foizini tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 0,5 foizga oshgan.
Eksport qilingan to‘qimachilik mahsulotlari tarkibida tayyor to‘qimachilik mahsulotlari (37,6 foiz), kalava-ip (46,8 foiz) asosiy ulushni egallagan. 2024 yilning yanvar-may oylarida dunyoning 55 ta davlatiga to‘qimachilik mahsulotlari eksport qilingan.
Avvalroq O‘zbekiston 5 oyda 420 mln dollarlik meva sabzovotni eksportga chiqargani xabar qilingandi.
Mavzuga oid

14:00 / 20.05.2025
Germaniya O‘zbekistonda to‘qimachilik sohasida ishlayotgan ayol menejerlarni qo‘llab-quvvatlaydi

11:57 / 19.05.2025
Rossiyadan O‘zbekistonga qoramol eksporti hajmi oshdi

12:26 / 02.05.2025
O‘zbekiston mahsulotlari eksport qilinadigan mamlakatlar soni 85 taga yetdi

10:24 / 22.04.2025