O‘zbekiston | 11:29 / 07.07.2024
6623
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda yo‘llardagi qoidabuzarliklar jarimalaridan shikoyat qilish bo‘yicha yangi xizmat ishga tushiriladi

​​​​​​​Murojaat ko‘rib chiqilayotgan vaqt mobaynida jarima uchun belgilangan chegirma muddati to‘xtatib turilmaydi. Shikoyat o‘rinli deb topilsa, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish tugatiladi.

O‘zbekistonda yo‘l harakati qoidalari buzilishiga doir jarimalarga qarshi my.gov.uz portali orqali elektron shikoyat yo‘llash mumkin bo‘ladi.

Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 3 iyuldagi 382-son qaroriga asosan, joriy yil 1 sentabridan boshlab my.gov.uz portali orqali Yo‘l harakati qoidalari buzilishi yuzasidan chiqarilgan qarorlar va yuborilgan xabarnomalar bo‘yicha Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatiga elektron tartibda shikoyat qilish imkoniyati paydo bo‘ladi.

Yuborilgan shikoyat arizalari YHXX tomonidan 10 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi.

Murojaat ko‘rib chiqilayotgan vaqt mobaynida jarima uchun belgilangan chegirma muddati to‘xtatib turilmaydi.

Agar shikoyat o‘rinli deb topilsa, YHXX tomonidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 271-moddasiga asosan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish tugatiladi.

Ғайрат Йўлдошев
Tayyorlagan Ғайрат Йўлдошев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid