Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2025 yil 1 yanvardan O‘zbekistondagi davlat va mahalliy ahamiyatga ega yo‘llar raqami o‘zgaradi
Vazirlar Mahkamasining qarorida O‘zbekistondagi qariyb 2 mingta davlat va mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan yo‘llarning raqami nega o‘zgartirilayotganiga izoh berilmagan.
O‘zbekistondagi davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan avtomobil yo‘llariga yangi raqamlar beriladi. Bu haqda 2024 yil 4 iyul kuni Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilingan.
Qarorda yozilishicha, O‘zbekistondagi xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan avtomobil yo‘llarining raqami eski holicha qolgan. Davlat va mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan yo‘llar raqamlari esa o‘zgargan.
Davlat ahamiyatidagi 4R bilan boshlanuvchi avtomobil yo‘llariga tartib bo‘yicha D001 bilan boshlanuvchi raqamlar berilgan. Masalan, shu paytgacha 4R-50 Toyloq-Urgut yo‘li D069 tarzida raqamlangan. Boshqa yo‘llarga ham shu tarzda qayta raqam berilgan.
Mahalliy yo‘llarga esa avtomobil raqamlaridan kelib chiqib raqam berilgan. Masalan, Qoraqalpog‘istondagi barcha mahalliy yo‘llar 95V, Samarqand viloyati 30V tarzida boshlanadi.
Masalan, 4K522 Urgut-Pochvon-Ustaxona avtomobil yo‘liga 30V029 raqami berilgan. Respublikadagi barcha viloyatlar yo‘li shu tarzda qayta raqamlangan.
Qarorga ko‘ra, yo‘llarga yangi raqamlar berish tartibi 2025 yil 1 yanvardan boshlanadi. Qaror ijrosini ta’minlash Bosh vazir o‘rinbosari Ochilboy Ramatov va Transport vaziri Ilhom Mahkamovga yuklatilgan.
Qarorda O‘zbekistondagi minglab yo‘llarning raqamlarini o‘zgartirishga nima sabab bo‘layotgani ochiqlanmagan.
Vazirlar Mahkamasining qaroridagi ro‘yxatda 1800 tadan oshiq yo‘lning raqami almashtirilmoqda.
Mavzuga oid
14:52 / 22.05.2025
Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi tasdiqlandi
10:27 / 22.05.2025
Toshkentda YTHning oldini olish uchun 2 mlrd so‘m ajratiladi
22:04 / 13.05.2025
Yo‘llarni loyihalashtirishda aholi fikrini inobatga olish bo‘yicha qat’iy talablar o‘rnatiladi
13:54 / 01.05.2025