O‘zbekiston | 16:59 / 10.07.2024
2966
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda ilk  xayriya velomarafoni - Pepsi Zero Marathon bo‘lib o‘tdi

7 iyul kuni Toshkentda ilk  xayriya marafoni - Pepsi Zero Marathon bo‘lib o‘tdi. Bu tadbir shunchaki poyga bo‘libgina qolmay, sport va ekologiyaga muhabbat ramziga aylandi! 

Foto: Pepsi Zero Marathon

Velomarafon faol dam olishni  va sog‘lom turmush tarzini yoqtiradigan mingga yaqin ishtirokchini birlashtirdi.

Tadbir barcha velosport ishqibozlari uchun muhim voqelik edi. Va u ekologik toza transport evaziga avtomobildan voz kechish qanchalik muhimligini ko‘rsatib berdi. Ishtirokchilarning yarmidan ko‘pi tadbirga velosipedda yoki piyoda yetib kelishdi, keyin esa boshqa transport vositalaridan foydalanmay uyga qaytishdi.

Tayyorgarlik darajasi va shaxsiy transporti bor-yo‘qligidan qat’i nazar, 16 yoshdan katta har bir kishi marafonda ishtirok etishi mumkin edi — Pepsi brendi barcha ishtirokchilarga poyga uchun velosipedlar taqdim etdi.

Ertalab soat 8:00 da tetiklantiruvchi va motivatsion DJ-setlar bilan tadbirga start berildi. Ishtirokchilar toza havodan nafas olib, poytaxtning maxsus to‘silgan markaziy ko‘chalari bo‘ylab 15 kilometrlik masofani bosib o‘tishdi – aylanma yo‘nalish Magic City'da boshlanib, shu yerda tugadi.

Barcha ishtirokchilar faxriy medallar va olti yo‘nalish bo‘yicha sovrinlar uchun bellashishdi: 

  • Erkaklar: 16-29 yosh, 30-49 yosh, 50+;
  • Ayollar: 16-29 yosh, 30-49 yosh, 50+

Har bir yo‘nalish bo‘yicha g‘oliblar Pepsi brendidan pul mukofotlari bilan taqdirlandi:

  • 1-o‘rin: 15 000 000 so‘m;
  • 2-o‘rin: 7 500 000 so‘m;
  • 3-o‘rin: 2 500 000 so‘m.

Velomarafonning eng keksa— 84 yoshli ishtirokchisiga tashkilotchilarning maxsus sovrini: professional velosiped taqdim etildi. 

Chipta sotuvidan tushgan barcha mablag‘ xayriya ishlariga yo‘naltirildi. 

Pepsi barcha ishtirokchilarga yorqin hissiyotlar va unutilmas kun uchun minnatdorlik bildiradi! Brend yangiliklarini Instagram'dagi rasmiy sahifa orqali kuzatib boring: @pepsi_uzbekistan.

Mavzuga oid