Kreml NATOni tiyib turish uchun javob choralari to‘g‘risida ogohlantirdi
Kreml matbuot kotibi NATO sammiti deklaratsiyasini Rossiya xavfsizligiga tahdid deb atadi va bu «alyansni tiyib turish uchun javob choralarini taqozo etishi»ni ta’kidladi.
«Biz NATOda Qora dengiz bo‘yidagi shaharlarda alohida logistik hablar yaratish, Yevropada qo‘shimcha nuqtalar qabul ochish bo‘yicha qarorlarni ko‘rib turibmiz, NATOning harbiy infratuzilmasi tobora bizning chegaralarimizga yaqinlashib kelayotganini ham kuzatmoqdamiz», — degan Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov Vashingtonda o‘tayotgan NATO sammitini sharhlay turib.
«NATOning Ukraina kelajakda albatta alyansning a’zosiga aylanishi to‘g‘risidagi qaroridan ko‘rinmoqdaki, alyans o‘zining asosiy maqsadlaridan biri — Rossiyaga bosim o‘tkazish, Rossiyani strategik mag‘lubiyatga uchratish yo‘lidan bormoqda, — degan Peskov. — Bu bizning milliy xavfsizligimiz uchun juda jiddiy tahdid. Bularning barchasi bizdan NATOni tiyib turish uchun chuqur o‘ylangan, muvofiqlashtirilgan javob choralarini talab qiladi».
Peskovning qo‘shimcha qilishicha, Rossiyada yadroviy doktrinaga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha muloqotlar bo‘lib o‘tmoqda.
Peskov shuningdek, Rossiya Ukraina bo‘yicha muloqotga tayyorligi, buning yagona sharti «nima haqida so‘z borishini aniq anglashi» lozimligini ham ta’kidlagan.
«Biz hech qachon muloqotdan qochmaganmiz, lekin biz nimalar haqida gap borishini tushunishimiz kerak», — degan Peskov Rossiyaning Ukrainada tinchlik bo‘yicha ikkinchi konferensiyaga taklif etishi masalasiga to‘xtalar ekan.
«Biz eng avvalboshdan NATOning Ukraina hududi evaziga kengayishiga, bizning mavjudligimizga va xavfsizligimizga tahdid tug‘dirishi tufayli yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi, deb kelmoqdamiz», — degan Peskov.
Mavzuga oid
20:43
NATO bosh kotibi Ukrainadagi mojaro «trayektoriyasini» o‘zgartirishga chaqirdi
16:07
Greenpeace: NATO harbiy jihatdan Rossiyadan sezilarli darajada ustundir
01:18 / 10.11.2024
Rossiyalik o‘qituvchilar «NATOdan himoyalanish uchun» folgadan qalpoqlar yasadi
10:09 / 09.11.2024