Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Ukrainada tinchlik bo‘yicha yangi sammitda ishtirok etishdan bosh tortdi
Ukrainada tinchlik bo‘yicha Kiyev tomonidan tashkil etilayotgan va Moskva rasmiylarini ham chaqirishni rejalashtirayotgan yangi sammitda Rossiya ishtirok etmaydi. Bu haqda RF tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mixail Galuzin ma’lum qilgan.
«Biz iyun oyi o‘rtalarida Shveytsariyaning Byurgenshtok shahrida barbod bo‘lgan sammitdan so‘ng «o‘zini oqlab olmoqchi» bo‘layotgan va xuddi shunday yana bir tadbir o‘tkazishga urinayotgan Kiyev rejimi va ularning g‘arbdagi kuratorlari niyatlaridan boxabarmiz», — degan Galuzin.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyadagilar «Mutlaq boshi berk ko‘chadagi «Zelenskiy formulasi»ni behudaga ilgari surayotgan avvalgidek ohanglar»ni eshitib, «Ukraina krizisini tartibga solish bo‘yicha boshqa tashabbuslarning ongli ravishda rad etilayotgani»ni ko‘rib turishibdi.
«Biz bunday ultimatumlarni qabul qilmaymiz va bunaqa «sammit»larda ishtirok emaymiz», — degan Galuzin va tinchlik konferensiyasini «firibgarlikning namoyishi» deb atagan.
Avvalroq «RIA-Novosti»ning diplomatik manbasi Ukraina bo‘yicha keyingi sammit Saudiya Arabistonida o‘tkazilishi mumkinligini xabar qilgan edi.
Vaziyatdan boxabar kishilarning Bloomberg’ga ma’lum qilishlaricha, Ukraina ikkinchi tinchlik konferensiyasini AQShdagi saylovlargacha o‘tkazmoqchi va unga Rossiyani ham taklif etmoqchi.
Sammitni AQShdagi saylovlargacha o‘tkazib olishga urinish Ukraina Oq uyga Donald Tramp qaytishi mumkinligidan cho‘chiyotganini ko‘rsatadi. Tramp agar qayta saylansa o‘zining yanvar oyidagi inauguratsiya marosimigacha urushga nuqta qo‘yishini va’da qilgan va Kiyevga harbiy yordam ko‘rsatilishi davom ettirilishiga qarshi chiqqan, deb yozadi Bloomberg.
Mavzuga oid
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi
13:00 / 12.05.2025