Jamiyat | 19:00 / 12.07.2024
18339
4 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Chilla: o‘zbekistonliklar nimalarni sotib olishmoqda?

Uzum Market tahlilchilari 25 iyun - chilla boshidan bo‘lgan talab tendensiyalarini o‘rganib chiqdilar.

Foto: Uzum Market

Issiq yoz oylarida o‘zbekistonliklar yuqori haroratni yengish yo‘llarini faol izlamoqda. Konditsionerlar bozorda eng ko‘p talab qilinadigan tovarlardan biriga aylanmoqda — har yili mamlakatda ularga bo‘lgan talabning sezilarli o‘sishi kuzatilmoqda. Masalan, joriy yilning iyun oyida Uzum Market’da konditsionerlar savdosi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 3 barobar oshdi. Bu nafaqat haroratning o‘ziga xos xususiyatlari, balki nasiyaga xarid qilish imkoniyatining oshishi bilan ham bog‘liq — Uzum Nasiya’da xarid qilish limitini olish uchun atigi bir necha daqiqa vaqt ketadi.

 — Hozir energiya tejash rejimi va shovqinsiz ishlashi bilan ajralib turadigan, havoni tez sovitish va tozalash funksiyasi bilan jihozlangan, shuningdek, bir nechta ish rejimlarini, jumladan, isitishni taklif qiluvchi modellarga talab katta,  deydi Uzum Market bosh direktori o‘rinbosari Akmal Rahimov.

Siz uchun Uzum Market’dan narxi 4 500 000 so‘mgacha bo‘lgan konditsionerlar to‘plamini tayyorladik. Siz ularni to‘liq miqdorni birdan to‘lashingiz yoki 3, 6 yoki 12 oylik qismlarga bo‘lib sotib olishingiz ham mumkin.

Chilla kirishi bilan nafaqat konditsionerlarga, balki issiqlikni osonroq yengishga yordam beradigan boshqa mahsulotlarga ham talab ortib bormoqda: chilla boshlanganidan beri Uzum Market foydalanuvchilari 6000 ga yaqin ventilyator, 5000 ta konditsionerlar, 3429 ta quyoshdan himoya qiluvchi yengchalarga buyurtma berishdi, shuningdek, shishiriladigan va karkasli basseynlarni (6000 dan ortiq dona), quyoshdan himoya qiluvchi kremni (7420 dona) va gazlangan ichimliklar (13615 dona) faol sotib olishmoqda.

Bundan tashqari, bu ta’tilga tayyorgarlik va chiqish vaqti. Bolalar bilan ta’til maxsus tayyorgarlikni va zarur tovarlarni tanlashni talab qiladi. Uzum Market’da foydalanuvchilar kerak bo‘lgan hamma narsaga buyurtma berishlari mumkin:

1. Quyoshdan himoya qiluvchi kremlar va spreylar — hozir marketpleysda ushbu toifada 1000 ga yaqin turdagi mahsulotlar mavjud va barcha o‘ziga mos keladiganini topishi mumkin.

2. Puflanadigan ballonlar va suzish aksessuarlari.

3. Plyaj uchun o‘yinchoqlari — bolalar dam olishlari uchun turli xil qum to‘plamlari.

4. Stol o‘yinlari va turli xil adabiyotlar.

5. Qulay kiyim va poyabzal — yengil va yupqa narsalar, shuningdek piyoda yurish uchun qulay poyabzallar shular jumlasidandir.

Uzum Market’da foydalanuvchilar ushbu tovarlarning barchasini bir vaqtning o‘zida foyda bilan buyurtma qilishlari mumkin — hozir marketpleysda "Chilla bozor" aksiyasi amal qilmoqda. Uzum Market’dan buyurtmalarni O‘zbekiston bo‘ylab 122 shahar aholisiga 1 kun ichida yetkazib berish imkoniyati mavjud. Tarqatish punktlari soni allaqachon 500 dan oshdi, hozirda 30 000 dan ortiq aholisi bo‘lgan barcha shaharlarda milliy marketpleys buyurtmalarni tarqatish punktlari mavjud va yil oxirigacha tarmoq 10 000 dan ortiq aholisi bo‘lgan kichik shaharlarga kengaytiriladi.

Mavzuga oid